Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Terma jamoamizni FIFA World Cup 2026™ dizaynidagi Visa Kapitalbank kartasi bilan qo‘llab-quvvatlaymiz!
11 Jun 2026

Butun mamlakat intiqlik bilan kutgan tarixiy lahza yetib keldi: O‘zbekiston ilk bor 2026-yil 11-iyunda start oladigan FIFA World Cup 2026™ musobaqasida ishtirok etmoqda! Milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlang va FIFA World Cup 2026™ dizaynidagi cheklangan Visa Kapitalbank kartasi hamda Kapitalbankdan futbol mahsulotlari bilan jahon chempionatining bir qismiga aylaning!

Kapitalbank barcha yurtdoshlarimizni ushbu ulkan sport voqeasi bilan samimiy tabriklaydi va tarixiy turnir muhitini birgalikda his etishga chorlaydi. FIFA World Cup 2026™ dizaynidagi Visa Kapitalbank kartasi nafaqat qulay va ishonchli moliyaviy vosita, balki kundalik xaridlar orqali shaxsiy futbol muxlisi to‘plamini yig‘ish imkoniyatidir.

Hammasi juda oddiy — siz esa e’tiboringizni eng muhim narsaga, ya’ni sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlashga qaratishingiz mumkin.

  • Visa FIFA World Cup 2026™ dizaynidagi kartani bankning istalgan filialida rasmiylashtiring.
  • Kundalik xaridlaringiz uchun karta orqali to‘lov qiling.
  • Har bir to‘lov uchun maxsus bonus ballari — futballarni jamg‘aring (12 200 so‘m, 1 AQSH dollari yoki 1 yevro = 1 futball).
  • Futballarni bank ilovasida cheklangan seriyadagi futbol merchlariga almashtiring!

Chempionat boshlanadigan kuni FIFA.KAPITALBANK.UZ onlayn-do‘konimizda FIFA World Cup 2026™ rasmiy ramzi tushirilgan yangi sovrinlarni qo‘shamiz.

Brendlangan zamonaviy futbolkalar va kepkalar, qulay ryukzaklar va suv idishlari, shuningdek haqiqiy muxlis obrazini to‘ldiradigan boshqa esdalik sovg‘alari — bularning barchasini odatiy xaridlar uchun to‘plangan bonuslar evaziga qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Muxlislik ruhini yanada kuchaytiring, terma jamoamizni katta futbol energiyasi bilan qo‘llab-quvvatlang! Olg‘a, O‘zbekiston!

Ommaviy oferta Fifa 2026
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 14
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech