Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Kapitalbank” ATB O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoridagi eng yetakchi banklardan biri. Moliya bozorining turli segmentlari orasida qimmatli qog‘ozlar bozori Bank uchun ustuvor hisoblanadi. Ko‘rsatiladigan xizmatlar turini kengaytirgan holda, Bank mijozlarning ehtiyojlarini qondirish yo‘lidan borib, mamlakat fond bozori rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Mazkur bozorda operatsiyalar ko‘lamini kengaytirish balans tuzilmasini maqbullashtirish, Bankning likvidlik va daromadlilik  darajasini ko‘tarish hamda mijozlarning investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan.

Erkin pul mablag‘larini samarali jalb etib, ularni joylashtirar ekan, Bank mijozlar uchun ham, sheriklar uchun ham ishonchli hamkor bo‘lib qolmoqda. To‘plangan tajriba va yangi g‘oyalar Bank erishgan yutuqlar garovidir.

“Kapitalbank” ATB:

  • Investitsion institutlar milliy assotsiatsiyasi;
  • Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari milliy assotsiatsiyasi;
  • Xalqaro emissiya sindikati a'zosidir.
  • "Toshkent" Respublika Fond Birjasi

Bank qimmatli qog‘ozlar bozorida quyidagi operatsiyalar va xizmatlarni amalga oshiradi:


Anderrayting faoliyati – bu emitentning qimmatli qog‘ozlarini arderrayter va emitent o‘rtasidagi shartnomada belgilanadigan shartlarda  chiqarish va/yoki kafolatli joylashtirishni tashkil etish bo‘yicha faoliyatdir.

Qimmatli qog‘ozlar emissiya qilinishi anderraytingi emitent, Bank va investorlar o‘rtasida tuziladigan anderrayting shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Mazkur anderrayting shartnomasi emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni kafolatli joylashtirish shakli, tartibi va shartlarini belgilaydi.

“Kapitalbank” ATB anderraytingni amalga oshirar ekan, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni eng yaxshi narxda va eng qisqa muddatda joylashtirish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Bunda Bank  qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat yuritish bo‘yicha barcha imkoniyatlardan foydalanadi hamda qimmatli qog‘ozlar emissiya qilingani to‘g‘risida ma'lumotni oshkor qiladi.

Birjadan tashqari savdolar elektron tizimida qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalar qabul qilish.

Bankning har bir filialida birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar savdolari elektron tizimida qog‘ozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalar qabul qilish hamda buyurtma qabul qilish punktlari mijozlariga  bank xizmatlari ko‘rsatish punktlari bor.

Bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq quyidagilar ishonchli boshqaruv ob'yekti bo‘lishi mumkin:
-    xo‘jalik sub'yektlarining qimmatli qog‘ozlari, shu jumladan ishonchli boshqaruv to‘g‘risida shartnoma tuzilgan vaqtda davlat mulki bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar;
-    ishonchli boshqaruv to‘g‘risida shartnoma tuzilgan vaqtda davlat mulki bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning ulushi (pay);
-    qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishga mo‘ljallangan va ta'sischi tomonidan boshqarish uchun ishonchli boshqaruvchiga topshirilgan pul mablag‘lari;
-    shartnoma bo‘yicha ishonchli boshqaruvchi o‘z majburiyatlarini bajarishi natijasida olingan pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar.

Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va muomalaga kiritish, qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari holatini tahlil qilish va prognozlash bo‘yicha maslahat berish xizmatlarini ko‘rsatish.
Shuningdek, Bank:
-    aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil etish;
-    aksiyadorlik jamiyatlariga xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni (AJ, MCHJ) qo‘shish;
-    qo‘shish, ajratish va bir va/yoki ikkita aksiyadorlik jamiyatini ajratib chiqarish orqali qo‘shilish va birlashtirish tadbirlarini amalga oshiradi.

Investitsion vositachi faoliyati doirasida Bank qimmatli qog‘ozlar bozorida broker va/yoki diler sifatida professional faoliyat yuritadi.

Brokerlik xizmati ko‘rsatish doirasida Bank mijoz va birja o‘rtasida vositachi bo‘lgan holda mijozning topshiriqlarini bajaradi. Mijoz o‘z xohishiga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalar bajaradi, bu Bank mutaxassislari bilan maslahatlashish imkoniyatini inkor etmaydi.

Dilerlik xizmati ko‘rsatish doirasida Bank qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish to‘g‘risida oshkor e'lon qilib, shu qimmatli qog‘ozlarni e'lon qilingan narxda sotib olish va sotish majburiyatini olgan holda o‘z nomidan  va o‘z hisobidan qimmatli qog‘ozlar oldi-sottisi bo‘yicha bitimlarni amalga oshiradi.

Bank ham qarz oluvchi, ham qarz beruvchi sifatida ish tutgan holda,  bozorning mazkur segentida faol ishlaydi.

REPO operatsiyalari – bu muddatli bitim bo‘lib, bunda qimmatli qog‘oz egasi birjada ularni keyinchalik sotib olish majburiyati bilan Bankga sotadi.

REPO operatsiyalari – bu fond birjasida kredit berishning eng tez va yuqori texnologik variantidir. Operatsiyaning mazkur turidan bizning brokerlik xizmati bo‘yicha mijozlarimiz ham foydalanishlari mumkin.

“Kapitalbank” ATB O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoridagi eng yetakchi banklardan biri. Moliya bozorining turli segmentlari orasida qimmatli qog‘ozlar bozori Bank uchun ustuvor hisoblanadi. Ko‘rsatiladigan xizmatlar turini kengaytirgan holda, Bank mijozlarning ehtiyojlarini qondirish yo‘lidan borib, mamlakat fond bozori rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Mazkur bozorda operatsiyalar ko‘lamini kengaytirish balans tuzilmasini maqbullashtirish, Bankning likvidlik va daromadlilik  darajasini ko‘tarish hamda mijozlarning investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan.

Erkin pul mablag‘larini samarali jalb etib, ularni joylashtirar ekan, Bank mijozlar uchun ham, sheriklar uchun ham ishonchli hamkor bo‘lib qolmoqda. To‘plangan tajriba va yangi g‘oyalar Bank erishgan yutuqlar garovidir.
“Kapitalbank” ATB:

  • Investitsion institutlar milliy assotsiatsiyasi;
  • Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari milliy assotsiatsiyasi;
  • Xalqaro emissiya sindikati a'zosidir.

Bank qimmatli qog‘ozlar bozorida quyidagi operatsiyalar va xizmatlarni amalga oshiradi:

  • Investitsion vositachi;
  • Investitsion maslahatchi;
  • Investitsion aktivlarning boshqaruvchisi faoliyati;
  • Emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlar bilan REPO operatsiyalari;
  • Anderrayting faoliyati yuritish;
  • Birjadan tashqari savdo elektron tizimida qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalar qabul qilish.


So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech