Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sindikatli kreditlash – bu bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash degani.

Sindikatli kreditlashga jalb qilingan mablag’lar loyihalarni moliyalashtirishga, tovar-material zahiralari uchun to’lovlarga, ishni bajarish va xizmat ko’rsatishga, shuningdek boshqa maqsadlarga yo’naltirilishi mumkin.

Katta sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish maqsadida "Kapitalbank" ATB sindikatli kreditlarni ko'rib chiqishga tayyor, uning davomida bir necha bank katta loyihani moliyalashtiradi.

"Kapitalbank" ATB Bank Mijozlari uchun bunday sindikatlarning yetakchi banki, shuningdek, moliyaviy bozorda ishtirok etuvchi bank sifatida faoliyat yuritishi mumkin.

Syndikatli kreditlar faqat yuridik shaxslarga berilishi mumkin.

Katta sarmoyaviy loyihaning qoplanish muddatiga bog'liq holda sindikat kreditlarni berish muddati belgilanishi kerak.

Sindikatli kreditlashda ishtirok etish uchun xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari jalb qilinishi mumkin. "Kapitalbank" ATB ning xorijiy banklar bilan hamkorlik qilishning katta salohiyati va amaliy tajribasi xorijiy banklarning resurslarini jalb qilish imkonini beradi.

O'zbekiston banklari orasida yetakchi mavqeni egallagan va bank sektorida obro'-e'tiborga ega bo'lgan, "Kapitalbank" ATB mijozlarga sindikatli kreditlarni taqdim etish uchun barcha kerakli sifatlar va malakali jamoaga ega.


So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech