Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
kkm.jpg

“Kapitalbank” ATB o'z mijozlariga PAX-A930 nazorat-kassa apparatlarini taqdim etadi. Apparatlar Onlayn-NKM va virtual kassalar Yagona davlat reestrida majburiy ro'yxatdan o'tdi va Davlat Soliq Qo'mitasi tomonidan foydalanish uchun ma'qulladi.

Onlayn-NKM sotib olsangiz, siz onlayn-NKMni birlashtirgan 3-si1-da apparatini, plastik kartalardan to'lovlarni qabul qilish uchun UzCARD terminalini va QR-kodlar va shtrix-kodlarni o'qish moslamasini olasiz.

PAX-A930 – bu PCI PTS 5.x va EMV standartlari bo’yicha sertifikatlangan simsiz onlayn kassalarning yangi avlodi, u Android 7.1 bazasida yaratilgan eng so'nggi protsessor va PayDroid OS opertsion tizimlari bilan. O'rnatilgan 4G, Wi-Fi va Bluetooth ulanishlari hamda yuqori quvvatli akkumulyatori tufayli apparat barcha to'lov turlarini (naqd va naqdsiz) qabul qilishga imkon beradi, o'rnatilgan UzCARD terminaliga ega va maksimal ishlab chiqarishini ta'minlaydi. Qurilma QR-kodlar va shtrix-kodlarni o'qish uchun ikkita kamera bilan jihozlangan. Apparat ixcham bo’lib qo'lga bemalol sig'adi va 5,5-dyuymli yuqori aniqlikdagi sensorli displey foydalanuvchiga an'anaviy POS-terminallari va onlayn-kassalardan farqli ravishda yangi grafik imkoniyatlarini taqdim etadi.

Diqqat! Prezidentning 2019-yil 6-sentyabrdagi 5813-sonli farmoniga muvofiq, tadbirkorlik sub'ektlari onlayn-NKMlari yoki virtual kassalardan foydalanishga o'tganda:

  • ularga nisbatan amaldagi fiskal xotiraga ega nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish, kassir-operator tomonidan nazorat-kassa kitobini yuritish, ish kuni oxirida har bir nazorat-kassa mashinasi uchun kunlik hisobotni olish bo'yicha majburiyatlar bekor qilinadi;
  • o'rtacha kunlik naqd pul tushumi miqdoridan qat'i nazar, ular bank kassalariga o'zlari tomonidan belgilangan muddatlarda inkassatsiya xizmatlari orqali yoki o'zlari tomonidan topshirish huquqiga ega bo'ladilar;
  • ularga hisoblangan va to'lanadigan daromad solig'i miqdorini yoki yagona soliq to'lovini yoki belgilangan soliq miqdorini onlayn-NKMni 2021-yil 1-yanvargacha davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tkazish sharti bilan, har bir onlayn NKM sotib olish, o'rnatish, ishga tushirish bilan bog'liq xarajatlar miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan ko'p bo'lmagan qiymatda kamaytirish huquqi beriladi;
  • ularga virtual kassa dasturiy mahsulotining asosiy qismi (bazasi) O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan bepul beriladi;

Onlayn-NKM qismlarga bo'lib sotib olish bo’yicha ma'lumotlarni olish uchun bank filiallariga murojaat qilishni so’raymiz yoki quyidagi telefon raqamlariga qo'ng'iroq qiling: (78) 148-40-08, (71) 200-45-45, (71) 200-15-15.

PAX-A930 texnik xususiyatlari:

OS

PayDroid Powered by Android 7.1

Prosessor

Application CPU: Quad-core Cortex®-A53, 1.4GHZ

Security CPU: 32-bit RISC Core (ARMv7-M)

1.25DMIPS/MHz

Xotira

1GB DDR + 8GB eMMC

Displey

5.5-inch 720 x 1280 IPS Display with Capacitive Touch

Klaviatura

1 x yoqish/o’chirish tugmachasi

1 x ovozini ko’paytirish

1 x ovozini pasaytirish

Sensorlar

G-Sensor (opsiyalar bo’yicha) Yorug’ning avtomatik datchigi

Kart-riderlar

Magnitli kart-rider

Smart-kart hisobgich

Kontaktsiz kart-rider

Kameralar

Old tomon: 0.3 megapiksel belgilangan fokusli kamera

Orqa tomon: avtofokus va svetodiod yoritgichli 5 megapikselli kamera

Batareya

7.2V / 3350mAh Litiy-ionli akkamulyator

Dinamik

1 x Dinamik

O’lchamlar

190 x 84.4 x 65.8 mm

Og’rligi (gr): 460 (batareyani xisobga olgan holda)

Aloqa

FDD-LTE / TDD-LTE

WCDMA/ TD-SCDMA / EVDO

GSM / CDMA

Bluetooth 4.2

WiFi: 802.11 b/g/n, 2.4GHz, 802.11ac b/g/n, 5GHz (optional), Hotspot qullab-quvvatlash

Joylashuvi

GPS
Glonass
BeiDou
Galileo

Printer

2-dyuymli yuqoritezlikli printer

Yozish tezligi: 80 mm/s

Qog’oz kengligi: 58 mm

Diametr: 40 mm

Interfeys portlari

1 x SIM karta sloti + 2 x SAM karta sloti (yoki 2 x SIM

+ 1 x SAM)

1 x Micro SD karta 128 GBgacha bo’lgan xajmni ko’taradi

1 x (USB 2.0 OTG)

Port zaryadka uchun Type-C porti

1 x 3.5мм Audio Jack

6pin POGO pin

Aksessuarlari (opsiyalar bo’yicha)

To'yintirish bazasi

МKo’pfunksiyali baza potlari bilan: 1RS232, 1 x LAN (RJ45), 2 x USB Type-A Host, 1 x USB Type-C port to'yintirish uchun, 1x LED quvvat ko'rsatkichi

Indikatorlar

Kontaktsiz tranzaktsiyalar ko'rsatkichlari: Ko’k, Sariq, Yashil, Qizil

Smart-karta ko'rsatkichi

Qo’llash sharoitlari

Ish harorati -10°C ~ 50°C (14°F ~ 122°F)

Saqlash harorati -20°C ~ 70°C (-4°F ~ 158°F)

5% ~ 96% nisbiy namlik, kondensatsiz

Iste’moli

Kirish: 100 - 240V AC, 50Hz / 60Hz

Chiqish: 5.0V DC, 2.0A

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech