
Kapitalbank futbol ishqibozlari va premium xizmatni qadrlovchilar uchun o‘z aksiyasining davom etayotganini e’lon qiladi. FIFA World Cup 2026™ maxsus dizaynidagi Visa Kapitalbank kartalari (Gold, Platinum yoki Infinite) egalari nafaqat mijozlarga mo‘ljallangan imtiyozlardan foydalanishlari, balki jahon futbol chempionati bilan bog‘liq noyob esdalik sovg‘alarini ham qo‘lga kiritishlari mumkin.
Esdalik sovg‘angizni osongina olish uchun uchta qadam yetarlidir:
- FIFA World Cup 2026™ maxsus dizaynidagi Visa Kapitalbank kartasi (Gold, Platinum yoki Infinite) bilan kundalik to‘lovlarni amalga oshiring.
- Chekdagi har 12 200 so‘m (yoki 1 dollar / 1 yevro) uchun sizga 1 ta futball beriladi.
- To‘plangan ballarni fifa.kapitalbank.uz maxsus onlayn-do‘konida o‘zingizga yoqqan sovg‘alarga almashtiring.
Sovrinlar katalogi — 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bag‘ishlangan Kapitalbankning cheklangan kolleksiyasi: rasmiy ramzlarga ega kiyim-kechaklar, aksessuarlar va futbol to‘plari. Futballarni chempionat yakunigacha sovrinlarga almashtirish mumkin, shoshiling — sovrinlar soni cheklangan! Tanlangan sovg‘alarni O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan ko‘plab topshirish punktlari orqali qabul qilib olishingiz mumkin.
Kartani Kapitalbankning istalgan filialidan buyurtma qilishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumotni 1340 raqami orqali bilib oling.
O‘yinda bo‘ling! Biz bilan birga katta futbol ambasadoriga aylaning!



