Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
AQShdagi katta futbolga ulgurib qoling: Visa Kapitalbank kartasi egalari uchun FIFA World Cup 2026™ munosabati bilan o’tkazilayotgan super yutuqli o’yin tobora yaqinlashmoqda!
19 Mar 2026

Yilning eng muhim futbol voqeasi — Amerikada bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining hal qiluvchi o‘yinlari –  tobora yaqinlashib bormoqda. Shuningdek, Visa Kapitalbank kartalarining faol foydalanuvchilari uchun o‘tkazilayotgan aksiyamiz finali ham yaqinlashib qoldi. Ularning har birida bizning fan-terma jamoamizga qo‘shilish - taniqli bloger va sport ishqibozi Elmurоd Haqnazarov hamrohligida O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinlaridan biriga AQShga borish imkoniyati mavjud.

Aynan unga chempionat sahnasidayoq milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun AQShga uchib ketadigan 11 nafar omadli futbolchidan iborat guruhni boshqaradigan xarizmatik fan-murabbiy roli nasib etdi. Biroq bu hali hammasi emas: fan-terma jamoa tarkibidagi yo‘llanmalardan tashqari, bosh sovrin — jahon futbol birinchiligining final o’yinlariga ikki kishilik eksklyuziv sayohat yo’llanmasi ham bor!

Aksiyada ishtirok etish juda oson: 2-aprelga qadar , Visa Kapitalbankning istalgan kartasi bilan har bir chek uchun 30 AQSh dollardan boshlab (yoki boshqa valyutada kurs bo‘yicha teng miqdorda) kamida uchta xaridni amalga oshirish yetarli bo'ladi. Shuni unutmangki, har uchta yangi tranzaksiya yutish uchun qo‘shimcha imkoniyat sifatida jamlanadi.

FIFA World Cup 2026™ eksklyuziv dizayndagi kartalardan foydalanish esa yutish ehtimolini avtomatik tarzda ikki baravar oshiradi. Bundan tashqari, karta egalari yana bir ajoyib imtiyozga  — har bir sarflangan 12 200 so‘m (1 AQSh dollari yoki 1 yevro) evaziga maxsus bonus futballar to‘plash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ushbu bonuslarni Kapitalbankning futbol atributikasi uchun mo‘ljallangan maxsus do‘konida qulay yetkazib berish sharti bilan butun mamlakat bo‘ylab buyurtma topshirish punktlari orqali eksklyuziv brendlangan merchga almashtirishlari mumkin. Do‘kon har bir ishtiyoqmand muxlisga o‘z jihozlari kolleksiyasini yig‘ish imkonini berish orqali chempionat yakuniga qadar o’z ish faoliyatini  davom ettiradi.

Loyiha 4-aprel kuni avj oladi. Maxsus tadbir davomida, tematik dastur va tanlovlar bilan birga g‘oliblar nomini e’lon qilamiz. Shuni eslatib o‘tamizki, yutuqli o’yinda faqat voyaga yetgan respublika rezidentlari ishtirok etishlari mumkin. Batafsil shartlar va aksiya ofertasi har doim bizning rasmiy saytimizda mavjud. Shuningdek, filiallarimizga murojaat qilishingiz yoki 1340 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Ommaviy oferta Fifa 2026
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 568375
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech