
Zo‘r 6% — AKB «Kapitalbank»ning yangi valyuta omonati bo‘lib, qulay va foydali shartlarni taklif etadi. Omonat bo‘yicha yillik foiz stavkasi 6% ni tashkil etadi. Bunda mijoz omonat ochilgandan so‘ng butun muddat uchun hisoblangan foizlarni oldindan, avans tariqasida olish imkoniyatiga ega. Omonat muddati — 24 oy, minimal miqdori esa — 1 000 AQSH dollarini (USD) tashkil etadi. Zo‘r 6% omonatini AKB «Kapitalbank»ning yangi va amaldagi mijozlari onlayn ravishda, ya'ni KAPITALBANK.Online mobil ilovasi orqali yoki bankning istalgan filialida ochishlari mumkin.
Omonatni to‘ldirish yoki undan mablag‘larni qisman yechib olish imkoniyati mavjud emas. Omonat muddatidan oldin yopilganda, foizlar omonatning amalda saqlangan muddati (to‘liq oylar) uchun yillik 2% stavka bo‘yicha qayta hisoblanadi. Ortiqcha to‘langan foizlar omonatning asosiy miqdoridan ushlab qolinadi. To‘liq bo‘lmagan oy uchun foizlar hisoblanmaydi.
«Zo‘r 6%» omonatini faqat mijozning boshqa omonatlarida mavjud bo‘lmagan yangi mablag‘lar hisobidan ochish mumkin. Shu sababli amaldagi omonatni yopib, undagi mablag‘larni «Zo‘r 6%» omonatini ochish uchun yo‘naltirish mumkin emas.
Barcha omonatlar O‘zbekiston Respublikasi Omonatlarni kafolatlash jamg'armasi tomonidan sug‘urtalangan.
Omonat shartlari haqida batafsil ma’lumot olish yoki omonat ochish uchun respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq AKB «Kapitalbank» filiallariga murojaat qilishingiz yoki (+998) 71 200 15 15 telefon raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin.



