Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank yana bir bor Top Employers Institute tomonidan O‘zbekistondagi eng yaxshi ish beruvchilardan biri deb topildi
04.02.2026

Kapitalbank uchinchi bor Top Employer xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi. Bu bilan bank xodimlarni boshqarish, korporativ madaniyat va inson kapitalini rivojlantirish sohasidagi yuqori standartlarga muvofiqligini yana bir karra tasdiqladi.Taqdirlash marosimi Milanning nufuzli Palazzo del Ghiaccio saroyida o‘tkazildi.

Sertifikat Top Employers Institute xalqaro tashkiloti tomonidan auditorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan HR amaliyotlarining mustaqil auditi natijalariga ko‘ra beriladi. Baholash jarayonida xodimlarni boshqarish strategiyalari, mehnat sharoitlari, o‘qitish va rivojlantirish, korporativ madaniyat hamda xodimlarning jalb etilganlik darajasi tahlil qilinadi. Keng qamrovli audit natijalariga ko‘ra, Kapitalbank Top Employer Uzbekistan maqomini yana bir bor tasdiqladi va mazkur sertifikatni uch marta qo‘lga kiritgan mamlakatdagi birinchi va yagona bank mavqeini saqlab qoldi.

— Ketma-ket uchinchi yil bunday yuksak e’tirofga sazovor bo‘lish bankimiz uchun katta sharafdir, — deydi “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi Raisining maslahatchisi Oksana Lindina. — Xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritishimiz tanlangan kadrlar bilan ishlash strategiyamizning to‘g‘riligini tasdiqlaydi va kelgusidagi rivojlanishimiz uchun mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi. Biz xodimlarga tizimli ravishda sarmoya kiritamiz va ularning kasbiy o‘sishi uchun kerakli sharoitlarni yaratamiz, chunki Kapitalbankning muvaffaqiyati jamoamizning har bir a’zosi muvaffaqiyatiga bevosita bog‘liq.

Сайт_ 700x500 px 1.png

Bugungi kunda Kapitalbank jamoasi 4 000 ga yaqin xodimni o‘z ichiga oladi. Xodimlarning o‘rtacha yoshi 33 yosh bo‘lib, bu bank iqtidorli yosh mutaxassislarni jalb etish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotganini ko‘rsatadi. Xususan, ayollar liderligi madaniyati va teng imkoniyatlarni shakllantirishga alohida ahamiyat berilmoqda: ayollar boshqaruv va ekspertlik lavozimlarida faoliyat yuritib, bankning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilovchi muhim strategik loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda Kapitalbank Akademiyasi muhim o‘rin tutadi. Uning faoliyati boshqaruv kadrlarini tayyorlashning puxta tizimi bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Hozirgi kunda bo‘lim boshlig‘i va undan yuqori darajadagi rahbarlik lavozimlarining 80% ga yaqini bankning o‘z kadrlar zaxirasi hisobidan to‘ldirilmoqda. Ushbu tizimning asosiy vositasi kelajakdagi rahbarlarni tayyorlashga qaratilgan Top-500 dasturi bo‘lib, u bankning korporativ kadrlar zaxirasi hisoblanadi.

— Biz uchun nafaqat eng yaxshi mutaxassislarni jalb etish va rivojlantirish, balki ularning o‘z salohiyatini namoyon etishi va lider bo’lib yetishishi uchun qulay muhit yaratish ham o‘ta muhimdir, — deydi “Kapitalbank” ATB Boshqaruv raisi Kirill Mayevskiy. — Bank strategiyasi inson kapitalini barqaror rivojlantirish, ayollar liderligini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni faol jalb qilish hamda ta’lim, korporativ sport va innovatsiyalar orqali korporativ madaniyatni mustahkamlashga qaratilgan.

2025-yilda Kapitalbank xodimlarni o‘qitish va rivojlantirishning zamonaviy ekotizimini yaratishga qaratilgan bir qator strategik HR tashabbuslarni amalga oshirdi. Xususan, onlayn ta’lim, raqamli kutubxona, korporativ aloqalar va interaktiv o‘yin elementlarini o‘zida mujassam etgan Kapital People platformasi asosiy loyihalardan biri bo‘ldi. Mazkur loyiha EMBRAS 2025 taqdirlash marosimining “Innovatsiyalar” nominatsiyasida oltin mukofotga sazovor bo‘ldi va xalqaro miqyosda tan olindi.

Top Employer Uzbekistan 2026 sertifikatini qo‘lga kiritish Kapitalbankning mamlakatdagi yetakchi ish beruvchilardan biri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu o‘z navbatida bankni iste’dodli yoshlar uchun ham №1 tanlovga aylantirib, uning zamonaviy, mas’uliyatli va jozibador ish muhitini yaratishga bo‘lgan intilishini namoyon etadi.

 



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech