Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A



Yuridik shaxslar uchun hisobraqamlar 3

  • Asosiy hisobraqamni boshqa bankdan Kapitalbankga qanday o'tkazish mumkin?
    Asosiy hisobraqamni boshqa bankdan Kapitalbankga qanday o'tkazish mumkin?

    Asosiy hisobraqamni “Kapitalbank”ga o‘tkazish uchun siz “Kapitalbank”dan asosiy hisob raqamingizni Kapitpalbankga o‘tkazmoqchi ekanligingiz to‘g‘risida xatni olib, o‘zingizga xizmat ko‘rsatayotgan bankka olib borishingiz kerak.
  • Yuridik shaxslar hisobraqamni qanday yopadilar?
    Yuridik shaxslar hisobraqamni qanday yopadilar?

    Faqatgina tashkilotning bosh direktori hisobraqamni yopish huquqiga ega.
    Hisobraqamni yopish uchun sizga kerak:
    1. Qarz yo‘qligi to‘g‘risidagi soliq ma’lumotnomasini oling (ma’lumotnoma 10 kungacha amal qiladi)
    2. Ma’lumotnoma va bankdan ijaraga olingan asbob-uskunalar (kalit token, terminal va h.k.) bilan sizga xizmat ko‘rsatuvchi filialga keling.
    3. Pasportning asl nusxasi va hisobraqamni ochishda foydalanilgan muxr bo‘lishi kerak.

  • Yuridik shaxslar hisob-kitob hisob raqamini qanday ochadilar?
    Yuridik shaxslar hisob-kitob hisob raqamini qanday ochadilar?

    Hisob-kitob hisob raqamini ochish uchun o‘zingizga qulay bo‘lgan filialga kelishingiz yoki “Kapitalbank” ning sayyor xizmati orqali uni masofadan turib ochishingiz kerak. Hisobraqam ochish huquqiga faqat tashkilotning bosh direktori ega.

    Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun zarur bo'ladigan hujjatlar:
    1. Yakka tartibdagi tadbirkorning ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi guvohnoma (Guvohnoma)
    2. Pasportning asl nusxasi (agar ID karta bo'lsa, yashash joyingizdan ma’lumotnoma kerak bo‘ladi). O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari uchun pasport va yashash joyi bo‘yicha ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi hujjat.
    3. Muxr (agar mavjud bo'lsa). Norezidentlar uchun muxr—majburiy.

    MChJ, MChJ QK, MChJ XK uchun zarur hujjatlar:
    1. Litsenziya (guvohnoma)
    2. Direktor va bosh buxgalterni tayinlash to'g'risidagi buyruq
    3. Direktor va bosh buxgalterlar pasportlarining asl nusxalari. Agar bosh buxgalter ko'zda tutilmagan  bo'lsa, uning vazifalari direktorga yuklanishi kerak.
    4. Korxona ustavi
    5. Ta'sischining direktorni tayinlash to'g'risidagi bayonnomasi/qarori
    6. Ta'sischilar to'g'risidagi ma'lumotlar (buxgalteriya bo'limi ushbu ma'lumotlarni tizimga kiritganligi sababli ta'sischilarning pasportlarining nusxalari maqsadga muvofiq)
    7. Muxr

    DM/Vakolatxona uchun zarur hujjatlar:
    1. DSI dan STIR
    2. Adliya Vazirligidan guvohnoma
    3. Notarial tasdiqlangan nizomning nusxasi
    4. Vakilni tayinlash to'g'risidagi buyruq (agar buxgalter mavjud bo'lsa, u holda buxgalter uchun ham)
    5. Ikkalasining pasportlarining asli
    6. PU vakili (ishonchli shaxs) uchun ishonchnoma
    7. Muxr

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech