Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Plastik kartalar ortiq "o'z" filiallariga bog'liq bo’lmaydi
19 Jun 2020

2019-yilning aprel oyiga qadar chiqarilgan Uzcard plastik kartalari avtomatik ravishda ular ochilgan filialga bog'langan edi. Bu mijozlar uchun noqulayliklar tug'dirardi - har safar hisob ma'lumotnomasini olish, kartani to'ldirish, qayta chiqarish yoki yopish kerak bo'lganda, faqatgina o’sha plastik kartaning “o’z" filialiga borishga to’g’ri kelardi. Endi ushbu muammolarni texnik ishlardan so'ng darhol “Kapitalbank”ning istalgan filialida hal qilish mumkin.

18-iyundan boshlab 20 kun ichida biz asta-sekin plastik kartalarni "o’z" filiallaridan "yagona" maydonga "migratsiya" qilishni amalga oshiramiz. Siz kartani qaysi filialda ochganingiz muhim bo’lmay qoladi - xizmat ko’rsatish “Kapitalbank”ning istalgan filialida amalga oshiriladi. Migratsiya 2018-yil boshlari va 2019-yil oxiri o'rtasida chiqarilgan ish haqi plastik kartalariga taalluqli. Migratsiyadan so'ng Apelsin ilovasidagi mijozning holati "Anonim" dan "Identifikatsiyalangan" ga o'zgaradi, bu esa ilovaning to'liq imkoniyatlarini ochib beradi.

Ushbu 20 kun davomida plastik kartalar faoliyatida sezilarsiz uzilishlar kuzatilishi mumkin. Ammo tashvishlanmang: jarayon o'rtacha,bir necha soat davom etadi,bu ishlar kechasi amalga oshiriladi. Ko'pgina hollarda, migratsiya umuman sezilarsiz o’tadi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 522
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech