Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Nukus filiali mijozi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlarini ko‘chirish hamda Bank xizmatlari va aloqa kanallari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik uzilishlar to‘g‘risida
23 Jun 2026

Hurmatli mijoz!

Bank operatsiyalari bilan bogʻliq jarayonlarni raqamlashtirish va markazlashtirish orqali xizmat koʻrsatish sifati va tezligini oshirish maqsadida, «Kapitalbank» ATB tomonidan filiallar bosqichma-bosqich yagona kodli (MFO 01158) Bank xizmatlari markazlariga aylantirilmoqda hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻlgan mijozlarning bank hisobvaraqlari «Kapitalbank» ATBning Yagona filialiga (MFO 01158) markazlashgan xizmat koʻrsatishga oʻtkazilmoqda.

Maqsad — xoʻjalik yurituvchi subyektlarga Bankning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi istalgan ofisida barcha bank xizmatlaridan (toʻlovlar, kassa xizmati va boshqalar) foydalanish imkoniyatini taʼminlashdir.
Oʻtkazish jarayoni texnik xususiyatga ega boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Avval tuzilgan barcha shartnomalar boʻyicha Sizning huquqlaringiz va Bankning majburiyatlari toʻliq va oʻzgarishsiz saqlanib qolinadi..

2026 yil 18 iyuldan 19 iyulga qadar «Kapitalbank» ATBning faqat Nukus filialli mijozlari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlarini MFO 01038 kodidan MFO 01158 kodiga rejali oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan, ushbu davrda quyidagi holatlar yuzaga kelishi mumkinligini INOBATGA OLISHINGIZNI SOʻRAYMIZ:

- ehtimoliy texnik uzilishlar: tizimlarni oʻtkazish davrida xizmatlar va aloqa kanallari ishida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin;
- integratsiya xizmatlari: joriy texnik integratsiyalar doirasida maʼlumot almashishda vaqtinchalik kechikishlar yoki ayrim xizmatlar ishida vaqtinchalik cheklovlar boʻlishi mumkin;
- axborot taqdim etish: hisobotlar va avtomatik soʻrovlarga javob berish tezligi vaqtincha pasayishi mumkin.

Quyidagi bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati saqlanib qolinadi:

- Yuridik shaxslar uchun xorijiy valyutadagi toʻlovlar — 2026 yil 17 iyul kuni odatdagi tartibda;

- Yuridik shaxslar uchun konversiya operatsiyalari — 2026 yil 17 iyul kuni odatdagi tartibda;

- Korporativ biznes/KBS operatsiyalari — 2026 yil 17 iyul kuni odatdagi tartibda;

- Kassa operatsiyalari — 2026 yil 17 iyul kuni odatdagi tartibda;

- Jismoniy shaxslar uchun chakana bank operatsiyalari (xalqaro pul oʻtkazmalari, depozit operatsiyalari, valyuta ayirboshlash va kassa operatsiyalari) — 2026 yil 17 iyul kuni soat 17:00 gacha;

- Bankomatlar va toʻlov terminallari orqali operatsiyalar — 2026 yil 17 iyul kuni odatdagi tartibda;

- Kredit bitimlari boʻyicha operatsiyalar — 2026 yil 17 iyul kuni soat 17:00 gacha;

- Korporativ kreditlarni monitoring qilish — 2026 yil 17 iyul kuni soat 18:00 gacha;

- Milliy toʻlov tizimi (MTT) kliringi — 2026 yil 17 iyul kuni odatdagi tartibda;

- Tieto protsessing markazi orqali xalqaro toʻlov tizimlari (MPT) kliringi — 2026 yil 17 iyul kuni soat 18-00 da boshlanib 19:30 ga yakunlanadi;

- Bank boʻlinmalarida kartalarni ochish, toʻldirish yoki naqd pul echish operatsiyalari — 2026 yil 17 iyul kuni odatdagi tartibda;

- «Uzum Business» masofaviy bank xizmatlari tizimi ishlashi — 2026 yil 17 iyul soat 23:00 da toʻxtatiladi hamda 2026 yil 19 iyulgacha qisman cheklanadi;

- Mobil ilova ishlashi — 2026 yil 17 iyuldan 2026 yilning 19 iyulgacha qisman cheklanadi;

- Bank ofislari ishlashi — 2026 yil 17 iyul kuni odatdagi tartibda amalga oshiriladi.

2026 yil 20 iyuldan boshlab barcha turdagi bank xizmatlari (toʻlovlar, kassa xizmati va boshqalar) belgilangan tartibda koʻrsatiladi!

FAQAT «Kapitalbank» ATB Nukus filiali (MFO 01038) filiali mijoz — xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun:

2026 yil 20 iyuldan bank hisobvaraqlaringiz rekvizitlari avtomatik ravishda oʻzgartiriladi. Shu bilan birga, amaldagi rekvizitlaringiz 2026 yil 20 iyuldan boshlab: 12 oy davomida amal qiladi. Barcha bank xizmatlari «Kapitalbank» ATBning Yagona filiali (MFO 01158) orqali belgilangan tartibda koʻrsatiladi. Bu esa Sizga Bankning Oʻzbekiston boʻylab istalgan ofisida bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Ushbu bildirishnoma sanasidan boshlab 6 oy davomida Bank va kontragentlar bilan amaldagi shartnomalarni yangi rekvizitlar asosida qayta rasmiylashtirishingizni hamda hamkorlaringizni rekvizitlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilishingizni soʻraymiz.

Amaldagi rekvizitlar «Internet Bank-Klient» tizimida joylashtirilgan. Mutaxassislarimiz Sizga zarur maslahat va yordam berishga doimo tayyor.

Hurmat bilan,
«Kapitalbank» ATB

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 0
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech