Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbankdan yangi mikrokredit: foiz stavkasini mijozning o‘zi belgilaydi!
10 Feb 2026
Kapitalbank o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun moslashuvchan foiz stavkali yangi mikrokreditni joriy etdi.

Yangi mahsulot "Kapitalbank" ATB bilan hamkorlik shartnomalariga ega bo‘lgan rasmiy distribyutorlar va dilerlardan yangi avtomobillarni qulay shartlarda sotib olish imkonini beradi.

Mahsulot KIA, CHERY, JAC, DEEPAL, CHANGAN avtomobillariga tadbiq etiladi — hamkorlar ro‘yxati kengaymoqda.

Mikrokreditning asosiy shartlari:
  • kredit miqdori — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun 300 mln so‘mgacha va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 500 mln so‘mgacha;
  • kreditlash muddati — 12 oydan 60 oygacha;
  • boshlang‘ich to‘lov — sotib olinadigan avtomobil qiymatining 25 foizidan boshlab;
  • elektromobillar uchun 35 foizdan boshlab.
Mikrokredit bo‘yicha foiz stavkasi 0% dan 23,99% gacha o‘zgaradi va dastlabki badal miqdori hamda kreditlash muddatiga qarab individual hisoblanadi. Shunday qilib, mijoz foiz stavkasi miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi shartlarni o‘zi shakllantiradi.

Maxsus taklif: bank hamkorlarining avtomobillarini 25% va undan yuqori boshlang‘ich to‘lov miqdoriga qarab 12 oydan 36 oygacha foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan ham xarid qilish mumkin. 

Kapitalbank barcha qiziqish bildirgan avtomobil ishlab chiqaruvchilari va rasmiy distribyutorlarni hamkorlikka taklif etadi!

Dastur Kapitalbankninng barcha filiallarida mavjud. Batafsil ma’lumotni bank bo‘limlaridan yoki 1340 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 8525
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech