Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank va Hamroh ayol tadbirkorlar uchun yangi kreditni ishga tushirdi
6 Mar 2026

Xalqaro ayollar kuni arafasida Kapitalbank ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlovchi Hamroh kompaniyasi bilan hamkorlikda “Biznes-Ledi Hamroh” nomli maxsus kredit mahsulotini taqdim etdi.

Ushbu tashabbus O‘zbekistonda o‘z biznesini rivojlantirayotgan va uni kengaytirish, ishlab chiqarish kuchlarini takomillashtirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirayotgan ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Biznesni rivojlantirish uchun maqsadli moliyalashtirish

Yangi mahsulot rahbarlik lavozimida ishlaydigan yoki biron bir korxonaning ustav kapitalida 50% va undan ortiq ulushga ega bo‘lgan ayollarga, shuningdek yakka tartibdagi ayol tadbirkorlarga mo‘ljallangan. Kreditning asosiy sharti biznesning kamida 6 oy davomida barqaror ishlayotgan bo‘lishidir.

Kredit mablag‘lari nafaqat aylanma mablag‘larni to‘ldirish, balki investitsion maqsadlar uchun ham yo‘naltirilishi mumkin. Jumladan, mablag‘lar asosiy vositalarni sotib olish va ularga bog‘liq xizmatlarga mo‘ljallangan. Bu ayol tadbirkorlarga uskunalarni yangilash, transport vositalarini ko‘paytirish va ishlab chiqarish tarmoqlarini takomillashtirish imkonini beradi.

Moslashuvchan muddatlar va imtiyozli shartlar

Mahsulotning asosiy xususiyatlaridan biri kreditning milliy valyutada uzoq muddatga berilishidir.

Asosiy vositalarni sotib olish uchun moliyalashtirish muddati 78 oygacha, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun esa 24 oygacha belgilanadi. Belgilangan yillik stavka 20%ni tashkil qiladi.

Dasturda asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha imtiyozli davr ham ko‘zda tutilgan:

  • 24 oygacha bo‘lgan kreditlarda — 6 oygacha;
  • 36 oygacha — uzoq muddatli moliyalashtirish uchun (78 oygacha)

Shu bilan birga, foizlarni to‘lash to‘liq amalga oshiriladi, bunda imtiyozli davr amal qilmaydi.

Cheklovlar va garov shartlari

Kredit olish shartlaridan biri bu qarzdorning Kapitalbankda asosiy yoki talabga binoan ikkinchi hisob raqamining mavjudligi.

Kredit miqdori biznesning ehtiyoji va moliyaviy barqarorligi asosida aniqlanadi.

Skoring modeli doirasida sug‘urta polisi asosida 100 million so‘mgacha pul olish mumkin. Katta loyihalar uchun moliyalashtirish miqdorisi esa BHMning 4000 barobarigacha yetishi mumkin.

Kreditni ta’minlash tizimi miqdorga va qarzdorning ishonchliligiga qarab moslashadi.

100 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar uchun ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan qarzdorlardan faqat kreditni qaytarib bermaslik xavfini oldini olish uchun sug‘urta polisi talab etiladi. Sug‘urta qoplamasi miqdori esa kredit miqdorining kamida 125% bo‘lishi kerak.

Katta loyihalar uchun (4000 BHMgacha) keng turdagi garovlar qabul qilinadi. Kamida 100% qoplama qiymatidagi likvidli mulk, ya’ni, ko‘chmas mulk, transport vositalari, maxsus texnika, zargarlik buyumlari yoki maxsus hisob raqamidagi pul mablag‘lari, hisobidan ta’minlanadi. Shuningdek, qo‘shimcha tarzda 25% uskunalar uchinchi shaxslar kafilligi yoki sug‘urta polisi orqali kafolatlanishi va 70% “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafolati bilan ta’minlanishi mumkin.

Yangi ish o‘rinlarini yaratish

Kredit olishning majburiy shartlaridan biri (100 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bundan mustasno) biznes-rejaga muvofiq yangi ish o‘rinlarini yaratishdir:

  • 1000 BHMgacha bo‘lgan loyihalar — kamida 2ta ish o‘rni;
  • 4000 BHMgacha bo‘lgan loyihalar — kamida 5ta ish o‘rni.
  • 25 000 BHMgacha bo‘lgan loyihalar — kamida 10ta ish o‘rni.

“Bahor bu yangilanish vaqti, shuning uchun biz ushbu fasl ayol tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar va o‘sish davriga aylanishini xohlaymiz. “Biznes-Ledi Hamroh” mahsuloti doirasidagi vazifamiz nafaqat moliyalashtirishni taqdim etish, balki barqaror va samarali biznesning kelgusida rivojlanishi uchun ishonchli asos yaratishdir. Biz ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga sarmoya ekanligiga ishonamiz”, — ta’kidladi “Kapitalbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Madina Yusupova.

“Bugun ayollar O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesning haqiqiy faollariga aylanmoqda. Bizning Hamrohdagi maqsadimiz nafaqat bu tendensiyani qo‘llab-quvvatlash, balki o‘sish uchun real vositalarni yaratishdir. Hamroh va Kapitalbank hamkorligi ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun kuchlarni birlashtirish orqali amaliy imkoniyatlar yaratilishi mumkinligini isbotlaydi,” — deydi Hamroh kompaniyasi bosh direktori Dilfuza Nurmatova.

Barqaror rivojlanish ustuvorligi

“Biznes-Ledi Hamroh” mahsulotini ishga tushirish Kapitalbankning kichik va o‘rta tadbirkorlikni maxsus moliyaviy yechimlar orqali qo‘llab-quvvatlash strategiyasini aks ettiradi. Hamroh komapaniyasi bilan hamkorlik esa O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligi mohiyatini tushunish hamda moliyaviy vositalarning uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan ekotizimni yaratadi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 610
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech