O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga hamda ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi talablariga rioya etish, shuningdek, tegishli identifikatsiyani ta’minlash maqsadida sizga shuni ma’lum qilamizki, Bankning Kompleks bank xizmatlari ko‘rsatish shartnomasiga (Universal kompleks bank xizmatlari ko‘rsatish shartnomasiga) muvofiq amal qilish muddati cheklangan hujjatlarni o‘z vaqtida yangilab borish zarur.
Bunday hujjatlarga quyidagilar kiradi:
- davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun);
- akkreditatsiya hujjati (vakolatxonalar va doimiy muassasalar uchun);
- rahbar va bosh buxgalterning (agar nazarda tutilgan bo‘lsa) shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari;
- tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi (agar unga o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa).
Shu munosabat bilan, sizdan amaldagi hujjatlarni o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatuvchi bank filialiga taqdim etishingizni so‘raymiz.
E’tiboringizni shunga qaratamizki, yuqorida ko‘rsatilgan amaldagi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, qonunchilik talablari hamda Bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq barcha hisobvaraqlaringiz 2026 yil 22 iyundan boshlab amaldagi hujjatlar taqdim etilgunga qadar bloklanadi.
