«Kapitalbank» ATBning 25 yilligi munosabati bilan bank mijozlarini rag‘batlantirishga qaratilgan «Kreditni so‘ndiring va iPhone 17 yuting» nomli bayram aksiyasi tashkil etiladi.
Mazkur aksiya MChJ «BS2 Tashkent» bilan hamkorlikda o‘tkazilib, ushbu hamkor tomonidan 5 dona iPhone 17 Air smartfonidan iborat sovrin jamg‘armasi taqdim etiladi. Aksiyada O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar — bank mijozlari ishtirok etishi mumkin, agar ular 2026-yil 25-martdan 10-aprelga qadar (shu kunlar ham kiradi) ATB «Kapitalbank» tomonidan taqdim etilgan kreditni ATB «Kapitalbank» bankomatlari orqali kamida 2 500 000 so‘m yoki 200 AQSh dollari miqdorida qisman yoki to‘liq so‘ndirgan bo‘lishi lozim. Aksiya shartlariga mos keladigan har bir to‘lov avtomatik ravishda sovrinlar o‘yinida ishtirok etadi.
G‘oliblar 2026-yil 14-aprel kuni tasodifiy tanlash (randomayzer) orqali aniqlanadi va jarayon bankning rasmiy Instagram hamda Telegram sahifalarida jonli efirda namoyish etiladi.
Aksiya shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumot bilan www.kapitalbank.uz rasmiy veb-saytida, bank filiallarida hamda 1340 qisqa raqami orqali faoliyat yurituvchi kontakt-markazda tanishishingiz mumkin.
ATB «Kapitalbank» XK MChJ «BS2 Tashkent» tomonidan taqdim etilayotgan tovar va xizmatlarni reklama qilmaydi hamda sovg‘alar sifati uchun javobgar hisoblanmaydi.
Ommaviy oferta BS2 Tashkent