Kapitalbank’ning 25 yilligi munosabati bilan aksiya o‘tkazilmoqda:
2026-yil 15-maydan 15-avgustgacha Kapitalbank’ning UZCARD kartasi orqali naqdsiz to‘lovlarni amalga oshiring va avtomobil yutug‘li o‘yinida ishtirok eting.
Qanday ishtirok etish mumkin:
— Aksiya davrida Kapitalbank’ning istalgan qulay filialida UZCARD kartasini rasmiylashtiring.
— Ushbu UZCARD kartasi orqali kamida 250 000 so‘mlik xaridlarni amalga oshiring.
Eslatma: aksiyada ishtirok etish uchun karta 2026-yil 15-maydan 15-avgustgacha bo‘lgan davrda emissiya qilingan bo‘lishi kerak.
POS-terminal va onlayn to‘lovlar hisobga olinadi.
Quyidagi operatsiyalar hisobga olinmaydi:
— kartalar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari;
— naqd pul yechib olish;
— mablag‘larni qaytarish (refund) operatsiyalari.
G‘olibni aniqlash marosimi 2026-yil 25-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Aksiya shartlari va batafsil ma’lumotlar — Kapitalbank saytida yoki 1340 qisqa raqami orqali.
Ommaviy oferta (“Xaridlarni to‘lang — BYD Yuan Up yutib oling” promo-aksiyasida ishtirok etish uchun)