Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
To’lov tizimi: Visa
Valyuta: AQSh dollari
Karta turi: Depozit kartasi
Kartani amal qilish muddati: 1 yil
Tovarlar va xizmatlar to'lovi: summaning 1,5 foizi, kamida $ 1
Kartaga xizmat ko’rsatish: 210 000 so'm

“Kapitalbank” ATB VISA Business xalqaro korporativ plastik kartalari – bu zamonaviy va qulay yechimdir!

VISA Business xalqaro korporativ plastik kartalariga ega mijozlar yuqori darajadagi xizmat va qulaylik bilan taʼminlanadi.

“Kapitalbank” ATB VISA Business xalqaro korporativ plastik kartalari bilan birga Siz quyidagilarga ham ega boʻlasiz:

  • pul mablagʻlari hisob-kitobi va ularni saqlash xavfsizligi;
  • hisob-kitoblarda kupyuralarni sanashga sarf etiladigan vaqtning tejalishi;
  • oʻzingiz bilan katta miqdorda naqd pul olib yurish zaruratining mavjud boʻlmasligi;
  • hisob-kitoblardagi aniqlik.

“Kapitalbank” ATB VISA Business xalqaro korporativ plastik kartalarini qoʻllash doirasi. АКБ "Капиталбанк". Mazkur kartochkalar yordamida Siz:

  • xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlashingiz;
  • toʻlov terminallari oʻrnatilgan savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarining tovarlari va xizmatlari haqini toʻlashingiz;
  • bank kassalari va bankomatlar orqali naqd pul mablagʻlarini olishingiz (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida);
  • tashkilot hisob raqamidan karta hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazishingiz mumkin.

 

Bank xizmati / xizmat koʻrsatish shartlari

Bank bilan operatsiyalar amalga oshirilganligi uchun mijozdan olinadigan Banknig vositachilik haqi stavkasi

Izoh

a)

Plastik kartani chiqarish

85 000 so’m

 

b)

Qo’shimcha kartani chiqarish

85 000 so’m

Faqat Visa Business kartasi qo’shimcha karta bo’lishi mumkin

v)

Kartaning amal qilish muddati

1 yil


g)

Quyidagi sabablarga ko’ra kartani qayta chiqarish:
    Karta yo’qolsa / buzilsa
    Karta saqlovchisi ismi o’zgarsa
    PIN kod o’zgarsa
    Kartaning amal qilish muddati tugasa


85 000 so’m
25 000 so’m
25 000 so’m
Vositachilik haqi undirilmaydi

PIN kod karta saqlovchisi tomonidan kod yoʻqotilsa va plastik kartasi taqdim etilganda oʻzgartiriladi. Bajarish muddati 3 bank kuni.

d)

Xizmat ko’rsatish shartnomasi imzolangan kundan boshlab kartani chiqarish muddati

Ko’pi bilan 3 ish kuni

 

e)

Kamaytirilmaydigan qoldiq

$ 200

Mijozga u bilan amalga oshiriladigan barcha hisob-kitoblar tugaganidan soʻng, biroq karta hisob raqami yopilganidan soʻng 30 kundan kechiktirmasdan qaytariladi

j)

Karta hisob raqamiga xizmat ko’rsatish

210 000 so’m

Karta chiqarilgan vaqtda oldindan olinadi

z)

“Kapitalbank” ATB xizmat koʻrsatish tarmogʻida “Kapitalbank” ATB Visa kartalari orqali naqd pul mablagʻlarini olish boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash

Xizmat taqim etilmaydi

 

i)

O’zbekiston Respublikasidan tashqarida boshqa banklar tarmogʻida “Kapitalbank” ATB Visa kartalari orqali naqd pul mablagʻlarini olish boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash

summaning 2 foizi, kamida $ 1

Vositachilik haqi toʻliq tranzaksiya summasidan olinadi, shu jumladan xizmat koʻrsatuvchi bankning vositachilik haqi

k)

“Kapitalbank” ATB xizmat koʻrsatish tarmogʻida va xizmat koʻrsatish tarmogʻidan tashqarida tovarlar va xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash

summaning 1,5 foizi, kamida $ 1

Vositachilik haqi toʻliq tranzaksiya summasidan olinadi, shu jumladan xizmat koʻrsatuvchi bankning vositachilik haqi

l)

Karta boʻyicha operatsiya amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi taqdim etilgan holda amalga oshirilgan operatsiya va hisob raqami boʻyicha tekshirish oʻtkazish

130 000 so’m

Xizmat koʻrsatuvchi bankdan (ekvayerdan) chek nusxasi soʻralganda

m)

Asoslanmagan holda norozilik bildirib shikoyat qilingan toʻlov yuzasidan tekshirish oʻtkazish

425 000 so’m

Har bir tranzaksiya uchun

n)

Karta yoʻqotilgan / yaroqsiz holatga keltirilganligi uchun jarima

85 000 so’m

 

o)

Kartani bloklash va uni global stop-listga kiritish

600 000 so’m

Mijozning yozma arizasiga koʻra amalga oshiriladi

p)

Asosiy / qoʻshimcha kartani tezkor chiqarish / qayta chiqarish

210 000 so’m

24 soat davomida chiqariladi Asosiy / qoʻshimcha kartani chiqarish / qayta chiqarish uchun vositachilik haqiga qoʻshimcha ravishda undiriladi.

r)

3D Secure xizmatini ulash va xizmat ko’rsatish

Vositachilik haqi undirilmaydi

3D Secure xizmatiga ulanish mijoz sms-xabarnoma xizmatiga ulangan holdagina amalga oshiriladi

s)

Hisob raqami va operatsiyalar bo’yicha tekshirish o’tkazish

100$ gacha - 5 (besh) AQSh dollari (MB kursi bo’yicha);
100$ va undan yuqori summa - tranzaksiya summasining 1 foizi, biroq kamida 10 (o’n) AQSh dollari (MB kursi bo’yicha)

Toʻlov mijozdan ariza qabul qilingan sanada MB kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi

Barcha tariflar ro'yxati

Visa kartasi Sizning pullaringiz turadigan hisob kartangizdan foydalanish uchun kalit hisoblanadi. Quyidagi asosiy ehtiyotkorlik choralariga amal qilsangiz, o‘z hisobingizdagi mablag‘larni ruxsatsiz echib olinish xatarini pasaytirishingiz mumkin.

  • Sizning kartochkangizdan boshqa shaxs foydalana olmasligi uchun, PIN-kod va kartani alohida-alohida saqlang, Pin-kodni kartochkaga yozib qo‘ymang, Pin-kodni boshqa shaxslarga aytmang. Pin-kodni elektron terminal yoki bankomatda terganingizda, kiritilayotgan raqamlar atrofdagilarga ko‘rinmaydigan qilib bajaring.

  • Karta hisobi bo‘yicha operatsiyalarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing – buni bankdan olingan ko‘chirmalar bo‘yicha, yoki bepul SMS xabar xizmatidan foydalangan holda +998909652212 raqamiga tegishli SMS xabar yuborgan holda bajarish mumkin. Shubhali yoki noma’lum tranzaksiyalar aniqlangan hollarda, bu haqida zudlik bilan bankni xabardor qilib qo‘ying. SMS xabar berish buyruqlari bilan shu erda tanishishingiz mumkin -> YO‘RIQNOMA

  • Kartochkani yo‘qotib (o‘g‘irlatib, oldirib) qo‘ygan bo‘lsangiz, yoki PIN/kod yoki kartochka rekvizit ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda, SMS xabar xizmatidan foydalangan holda, +998909652212 raqamiga SMS xabari yuborib, kartani STOP listga qo‘yib qo‘ying, shuningdek zudlik bilan «Kapitalbank» AKB bilan bog‘lanib, og‘zaki yoki yozma shaklda kartangiz yo‘qolganligi haqida xabar bering.

  • Kartochkangiz bilan tovlamachilik hodisalari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, uni o‘z diqqat markazingizdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, operatsiyalarni faqat o‘zingizning ishtirokingizda o‘tkazilishini talab qiling.

  • Bankomatda naqd pul mablag‘lari olganingizda, bankomat yaxshi yoritiladigan joyga yoki bankning maxsus xonasiga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling, operatsiyalarni odamlar bo‘lmagan joylarga o‘rnatilgan bankomatalarda bajarmang. Karta ma’lumotlarini hisoblash moslamalarini o‘rnatish uchun namunalar.

  • Tashkilotning ishonchnomasining asl nusxasi
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
  • Bank va yuridik shaxs oʻrtasidagi shartnoma
Plastik karta boʻlimlarida operatsion kunlar:
  • VISA kartalarini ochish - 16:00 gacha;
  • EMV SMART VISTA kartalari boʻyicha naqd pul mablagʻlarini yechish - 16:00 gacha;
  • Boshqa operatsiyalar - 17:00 gacha.

Aniqlik

Hisob-kitoblarda aniqlik va naqd pulni katta miqdordagi ko'chirishga hojat yo'q

Vaqt

Hisob-kitoblarni qayta hisoblashda vaqtni tejash

Xavfsizlik

Hisob-kitoblarning xavfsizligi va mablag'larni saqlash

Vaqt

Hisob-kitoblarni qayta hisoblashda vaqtni tejash

Aniqlik

Hisob-kitoblarda aniqlik va naqd pulni katta miqdordagi ko'chirishga hojat yo'q
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech