Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
To’lov tizimi: Visa
Valyuta: O'zbekiston so‘m
Karta turi: Depozit kartasi
Kartani amal qilish muddati: 3 yil
Tovarlar va xizmatlar to'lovi: Bepul
Kiritilgan: 31.03.2022

“Kapitalbank” ATB VISA Business xalqaro korporativ plastik kartalari – bu zamonaviy va qulay yechimdir!

VISA Business xalqaro korporativ plastik kartalariga ega mijozlar yuqori darajadagi xizmat va qulaylik bilan taʼminlanadi.

“Kapitalbank” ATB VISA Business xalqaro korporativ plastik kartalari bilan birga Siz quyidagilarga ham ega boʻlasiz:

  • pul mablagʻlari hisob-kitobi va ularni saqlash xavfsizligi;
  • hisob-kitoblarda kupyuralarni sanashga sarf etiladigan vaqtning tejalishi;
  • oʻzingiz bilan katta miqdorda naqd pul olib yurish zaruratining mavjud boʻlmasligi;
  • hisob-kitoblardagi aniqlik.

“Kapitalbank” ATB VISA Business xalqaro korporativ plastik kartalarini qoʻllash doirasi. Mazkur kartochkalar yordamida Siz:

  • xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlashingiz;
  • toʻlov terminallari oʻrnatilgan savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarining tovarlari va xizmatlari haqini toʻlashingiz;
  • bank kassalari va bankomatlar orqali naqd pul mablagʻlarini olishingiz (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida);
  • tashkilot hisob raqamidan karta hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazishingiz mumkin.

 

Bank xizmati / xizmat koʻrsatish shartlari

Bank bilan operatsiyalar amalga oshirilganligi uchun mijozdan olinadigan Banknig vositachilik haqi stavkasi

Izoh

a)

Asosiy karta yoki qo'shimcha kartani chiqarish/qayta chiqarish

30 000 so’m

 

b)

Kartaning amal qilish muddati tugashi sababli kartani qayta chiqarish

Bepul

 

c)

Kartaning amal qilish muddati

3 yil


d)

Tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlar bo'yicha tranzaksiyalarni koʻrib chiqish

Bepul

e)

Korporativ kartani mijoz-bank orqali to'ldirish

operatsiya summasining 0,5%

f)

O‘zRdan tashqarida naqd pul yechib olish

Summaning 2%, kamida 1 AQSh dollari

g)

Hisob raqami va operatsiyalar bo’yicha tekshirish o’tkazish

100$ gacha - 5 (besh) AQSh dollari (MB kursi bo’yicha);
100$ va undan yuqori summa - tranzaksiya summasining 1 foizi, biroq kamida 10 (o’n) AQSh dollari (MB kursi bo’yicha)

Quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilmaydi:

  • O'zR hududida naqd pul berish bo'yicha tranzaksiyalarni koʻrib chiqish
  • Karta egasi soʻroviga koʻra karta hisobvarag'idan pul mablag'larini naqd pulsiz o'tkazish
  • Karta hisobini naqd pul mablagʻlari bilan to'ldirish
  • Korxonalar bilan ish haqi loyihalarini amalga oshirish bo'yicha shartnomalar doirasida ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni oʻtkazish
  • Karta hisobvarag‘iga pul mablag‘larini boshqa shaklda oʻtkazish, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalaridan pul mablag‘larini qaytarish va mablag‘larni noto‘g‘ri hisobdan chiqarish bundan mustasno.
Karta yo'qolgan yoki shikastlangan taqdirda, uni komissiya toʻlovisiz bloklash va pin-kodini o'zgartirish.
3D Secure xizmatiga ulash va unga xizmat ko'rsatish avtomatik ravishda komissiya toʻlovisiz amalga oshiriladi.

Visa kartasi Sizning pullaringiz turadigan hisob kartangizdan foydalanish uchun kalit hisoblanadi. Quyidagi asosiy ehtiyotkorlik choralariga amal qilsangiz, o‘z hisobingizdagi mablag‘larni ruxsatsiz echib olinish xatarini pasaytirishingiz mumkin.

  • Sizning kartochkangizdan boshqa shaxs foydalana olmasligi uchun, PIN-kod va kartani alohida-alohida saqlang, Pin-kodni kartochkaga yozib qo‘ymang, Pin-kodni boshqa shaxslarga aytmang. Pin-kodni elektron terminal yoki bankomatda terganingizda, kiritilayotgan raqamlar atrofdagilarga ko‘rinmaydigan qilib bajaring.

  • Karta hisobi bo‘yicha operatsiyalarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing – buni bankdan olingan ko‘chirmalar bo‘yicha, yoki bepul SMS xabar xizmatidan foydalangan holda 2212 raqamiga tegishli SMS xabar yuborgan holda bajarish mumkin. Shubhali yoki noma’lum tranzaksiyalar aniqlangan hollarda, bu haqida zudlik bilan bankni xabardor qilib qo‘ying. SMS xabar berish buyruqlari bilan shu erda tanishishingiz mumkin -> YO‘RIQNOMA

  • Kartochkani yo‘qotib (o‘g‘irlatib, oldirib) qo‘ygan bo‘lsangiz, yoki PIN/kod yoki kartochka rekvizit ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda, SMS xabar xizmatidan foydalangan holda, 2212 raqamiga SMS xabari yuborib, kartani STOP listga qo‘yib qo‘ying, shuningdek zudlik bilan «Kapitalbank» AKB bilan bog‘lanib, og‘zaki yoki yozma shaklda kartangiz yo‘qolganligi haqida xabar bering.

  • Kartochkangiz bilan tovlamachilik hodisalari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, uni o‘z diqqat markazingizdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, operatsiyalarni faqat o‘zingizning ishtirokingizda o‘tkazilishini talab qiling.

  • Bankomatda naqd pul mablag‘lari olganingizda, bankomat yaxshi yoritiladigan joyga yoki bankning maxsus xonasiga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling, operatsiyalarni odamlar bo‘lmagan joylarga o‘rnatilgan bankomatalarda bajarmang. Karta ma’lumotlarini hisoblash moslamalarini o‘rnatish uchun namunalar.

  • Tashkilotning ishonchnomasining asl nusxasi
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
  • Bank va yuridik shaxs oʻrtasidagi shartnoma
Plastik karta boʻlimlarida operatsion kunlar:
  • VISA kartalarini ochish - 16:00 gacha;
  • EMV SMART VISTA kartalari boʻyicha naqd pul mablagʻlarini yechish - 16:00 gacha;
  • Boshqa operatsiyalar - 17:00 gacha.

Aniqlik

Hisob-kitoblarda aniqlik va naqd pulni katta miqdordagi ko'chirishga hojat yo'q

Vaqt

Hisob-kitoblarni qayta hisoblashda vaqtni tejash

Xavfsizlik

Hisob-kitoblarning xavfsizligi va mablag'larni saqlash

Vaqt

Hisob-kitoblarni qayta hisoblashda vaqtni tejash

Aniqlik

Hisob-kitoblarda aniqlik va naqd pulni katta miqdordagi ko'chirishga hojat yo'q
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech