Bankimizning kadrlar siyosati mijozlarga yuqori darajada xizmat ko'rsata oladigan va tashkilotning strategik maqsadlarini amalga oshirishga qodir bo'lgan professional, mas'uliyatli hamda motivasiyalangan jamoani shakllantirishga qaratilgan.
Biz xodimlarni tanlash, rivojlantirish va baholashning shaffof hamda adolatli tizimini yaratishga intilamiz. Bu tizim hurmat, ishonch va o'zaro mas'uliyat tamoyillariga asoslanadi.
Xodimlarni tanlashning asosiy mezonlari
Xodimlarni tanlash nomzodlarning kasbiy, shaxsiy va etik sifatlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Biz nafaqat bilim va tajribani, balki bankning korporativ qadriyatlarini bo'lishishga bo'lgan tayyorlikni ham qadrlaymiz.
1. Kasbiy kompetensiya (layoqat)
- tegishli soha bo'yicha ma'lumoti;
- bank yoki moliya sohasida ish tajribasi;
- zamonaviy bank tizimlari va dasturiy ta'minotdan foydalana bilish.
2. Reputasiya (obro') va ishonchlilik
- oldingi ish joylaridan haqqoniy tavsiyanomalar;
- bank xavfsizlik xizmati tomonidan tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'tish.
3. Shaxsiy sifatlar
- mas'uliyatlilik, e'tiborlilik, tartiblilik;
- halollik va maxfiylik tamoyillariga rioya qilish;
- stressga chidamlilik va yuqori yuklamada ishlash qobiliyati;
- rivojlangan muloqot ko'nikmalari va mijozlarga yo'naltirilganlik.
4. Motivasiya va qadriyatlarga moslik
- kasbiy rivojlanishga intilish;
- ish natijasi va sifatiga yo'naltirilganlik;
- uzoq muddatli hamkorlikka tayyorlik;
- korporativ qadriyatlarni bo'lishish — etakchilik, hamkorlik, jasorat, ishonchlilik.
5. O'zaro hamkorlik va jamoada ishlash
- jamoa tarkibida samarali ishlash qobiliyati;
- hamkasblar va rahbariyat bilan konstruktiv hamkorlik qilish;
- xizmat odobi (etikasi) va korporativ xulq normalariga rioya etish.
Biz ishonamizki, bankning muvaffaqiyati, avvalo, unda ishlaydigan odamlarga bog'liq. Shuning uchun biz har bir xodim uchun kasbiy o'sish, barqarorlik va o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish sharoitlarini yaratamiz.
