Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Standard & Poor's "Kapitalbank" ning kredit reytingini oshirdi
09.04.2021 16:31:00

Xalqaro agentlik "Kapitalbank" ATB "Pozitiv" prognozi bilan B- / B darajasigacha qayta ko'rib chiqdi: bank pandemiyaga qaramay, yaxshi ko'rsatkichlarni namoyon qilgan kam sonli banklardan biriga aylandi, deb xabar berdi S&P Global Ratings.

«Biz bankning daromad manbalarini diversifikatsiyalash va operatsion faoliyat samaradorligini oshirish orqali moliyaviy natijalarni yaxshilashga qaratilgan sa'y-harakatlarini inobatga olgan holda "Kapitalbank" ning reytingi bo'yicha prognozni "Barqaror" dan "Pozitiv" darajagacha qayta ko'rib chiqdik. Bundan tashqari, biz bank chakana savdo va korporativ segmentda biznesning hisob-kitob kassa va tranzaksiya yo'nalishini rivojlantirishda davom etayotganini, avvalgidek jismoniy shaxslarni kreditlash bilan ta'minlash bo'yicha ixtisoslashayotganini va kapitalni oqilona boshqarishda davom etayotganini ta'kidlab o'tamiz », - deyildi S&P Global Ratings da.

"Kapitalbank" kredit portfelining o'sishi 2020-yilda taxminan 50% ni tashkil etdi, xususiy kapital rentabelligi (ROE) 17% dan oshdi - bu bank uchun so'nggi ikki yil ichida rekord ko'rsatkich.

Depozitlar bank resurslarining asosiy qismini, ya'ni taxminan 97% ini tashkil etadi, chakana depozitlarning qariyb 11% i bank hissasiga to'g'ri keladi - bu yirik davlat banklari ko'rsatkichlari bilan taqqoslangan natijadir.

"Kapitalbank" yetarli likvidlik zaxiralariga ega. Bizning prognozlarimizga ko'ra, bankning kreditga layoqatliligi 12 - 18 oy ichida yaxshilanishi mumkin. Agar bank kapital zaxirasini saqlab qolgan va aktivlar sifatini saqlashda davom etgan holda barqaror daromad ko'rsatkichlarini namoyish etishda va uning rivojlanish strategiyasiga muvofiq biznes hajmini oshirishda davom etsa, bu amalga oshishi mumkin», - deya xulosa qildi Standard & Poor's.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech