Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ilm-fan va sanʼat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun ATB «Kapitalbank» Boshqaruvi raisi taqdirlandi
30.12.2020 19:51:26

Kapitalbank Boshqaruvi raisi Alisher Mirzayev “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan taʼsis etilgan mukofot, Oʻzbek milliy madaniyati va sanʼatining jahon miqyosidagi obroʻsini oshirishda yuqori natijalarga erishgan fuqarolarga topshiriladi.

НEslatib oʻtamiz, “Kapitalabank” joriy yilning 1-noyabrida boʻlib oʻtgan “Samarkand Half Marathon ” xayriya yugurish musobaqasiga homiylik qildi. Bundan tashqari bank, Rossiya tarixchisi va yozuvchisi Fyodor Razzoqovning “Sharaf Rashidov: jizn i sudba” asarini hamda ushbu asarning Abduxamid Pardayev tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan "Sharof Rashidov: Hayet va Mamot” kitoblarining nashr etilishida homiylik koʻrsatdi.

Mukofotni qabul qilish paytida “Kapitalbank” Boshqaruvi raisi Alisher Mirzayev, bank bundan buyon ham Respublikada sport, madaniyat va sanʼatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishini taʼkidlab oʻtdi.




Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech