Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Auditorlik qo‘mitasi. 

Auditorlik qo‘mitasining funksiyalariga: Har bir ichki auditni o‘tkazish bo‘yicha taqdim etiladigan Ichki audit departamentining hisobotlarini o‘rganish. Ichki audit bo‘yia har choraklik hisobotlarni o‘rganish va ularni Bank Kengashiga taqdim qilish. Bank Kengashiga tashqi auditorlarning texnik topshiriqlarini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatish kiradi.


Bank xatarlarini nazorat qilish qo‘mitasi.

Bank xatarlarini nazorat qilish qo‘mitasining funksiyalariga xatarlarni boshqarish bo‘yicha bank siyosatini ko‘rib chiqish va kelishish kiradi. Xatarlarni boshqarish muolajalarini kelishganda, Qo‘mita qonunchilik normalari va Bank Ustavining qoidalariga rioya qilgan holda bank uchun xatar va daromadligik o‘rtasidagi optimal balansga, shuningdek bank ijro organi, bankning tarkibiy bo‘linmalari va alohida xodimlarining faoliyati  uchun adekvat rag‘batlantirishlarning ishlab chiqilishiga erishishga intilishi zarur.


Xodimlarni rivojlantirish va sifatini baholash qo‘mitasi.

Qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • Bank xodimlarini boshqarish va  ularni rivojlantirish sohasidagi asosiy qoidalarni ijro etish;
  • Oldinga qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida Bank va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari son tarkibining monitoring qilish va optimallashtirish;
  • Zarurat tug‘ilganda, bank va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining shtat birligini qisqartirish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha qaror qabul qilish;
  • Kollegial echim qabul qilishga ehtiyoji mavjud bo‘lgan xodimlar bilan ishlash  masalalarini ko‘rib chiqish.


Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasi. 

Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasining funksiyasi bankning etarli likvidliligi saqlanib turilishini ta’minlash uchun bankning daromadlari va zararlari haqidagi hisobot va balans hisobotini sinchkovlik bilan kuzatishdan iborat. Bunga qo‘shimcha ravishda, Qo‘mita foizli daromad keltiradigan aktivlar va foiz stavkali passivlar o‘rtasida tegishli balansning mavjudligini; va majburiyatlarni so‘ndirish muddatlari bank aktivlarni so‘ndirish muddatlari bo‘yicha mos kelmaganda, bank pozitsiyada turmayotganligini kuzatib boradi. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech