Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
ATB “KAPITALBANK” “GM UZBEKISTAN”NING LACETTI SX M/T AVTOMOBILINI IMTIYOZLI AVTOKREDITLASH BO’YICHA RASMIY HAMKORIGA AYLANDI
10 Oct 2018
Hurmatli xaridorlar, Sizga shuni ma’lum qilamizki, "GM Uzbekistan" va АTB "Kapitalbank" imtiyozli avtokreditlash dasturi doirasida rasmiy hamkorlikni yo’lga qo’yishdi.

Endilikda siz Lacetti SX M/T (1-poz.) avtomobiliga imtiyozli kreditni quyidagi shartlar asosida rasmiylashtirishingiz mumkin:
  • dastlabki badal miqdori 10% - 5 yilgacha – yillik 22%
  • dastlabki badal miqdori 30% - 3 yilgacha – yillik 20%
  • dastlabki badal miqdori 50% - 2 yilgacha – yillik 19%
  • dastlabki badal miqdori 60% - 15 oygacha – yillik 18%
Dastlabki badal mablag’i mavjud bo’lgan holda, rasmiylashtirish ishlari bevosita rasmiy dilerlarning "AS Servis" joylarida amalga oshiriladi. Imtiyozli avtokreditlash dasturi doirasida ushbu rusum va komplektatsiyaga ega jami 1000 dona avtomobil ajratilgan.

Siz istagan vaqtda eng yaqin ATB “Kapitalbank” bo’limi to’g’risidagi ma’lumotni ATB “Kapitalbank”ning Yagona axborot markazining 71-200-15-15 raqamiga qo’ng’iroq qilib, bilib olishingiz mumkin.

Tez orada imtiyozli avtokreditlash dasturi doirasidagi «GM Uzbekistan» avtomobillari rusumlari ro’yxati kengaytiriladi.

ATB “Kapitalbank” orqali “GM Uzbekistan” ning boshqa rusumdagi avtomobillarini kreditga olish to’g’risidagi ma’lumotga havola quyidagi orqali ega bo’lishingiz mumkin:https://kapitalbank.uz/ru/press_center/news/avtokredit-za-45-minut-na-lyuboy-avtomobil/?sphrase_id=2438

Iltimos yangiliklarni kuzatib boring va biz bilan birga qoling!

Shuni eslatib o’tamizki, imtiyozli avtokreditni rasmiylashtirish jarayonida dilerlik markazlarida biron-bir sabab bahona qilinib, tovlamachilik yo’li bilan qo’shimcha miqdorda mablag’ talab qilinishi holatlarida, zudlik bilan 71-141-77-77 raqami orqali kompaniya Call-markaziga yoki O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 10-07 qisqa raqamiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Sizga xush kayfiyat va yaxshi xaridlar tilab qolamiz!

Eng so’nggi yangiliklardan boxabar bo’lish uchun ATB “Kapitalbank”ning Facebook, Instagram, Telegramdagi rasmiy guruhlariga a’zo bo’ling.

Facebook: https://goo.gl/RXi8ak
Instagram: https://goo.gl/UczYZ3
Telegram: https://t.me/kapital24
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 47235

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech