Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank 2024 yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo'ldi
8 May 2025

2024 yilgi Brand Awards International mukofoti Kapitalbankning O'zbekiston bank sohasini rivojlantirishga qo'shgan hissasini tan olish bo'ldi.

Tadbir doirasida bank «Iste'molchilarning ishonch lideri – 2024» mukofotini va Kapital Premium mahsulotining O'zbekistonda premium bank xizmatlarini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun Brand Awards International diplomini oldi.

«Bizning jamoamizning sa’y-harakatlari shunday yuqori baholanganidan faxrlanamiz. Ushbu mukofotlar biz tanlagan strategiyaning to'g'riligini tasdiqlaydi va yo‘limizning muvaffaqiyatini ko‘rsatadi. Biz texnologiyalarga, qulaylikka va xizmat darajasini oshirishga e’tibor qaratmoqdamiz. Kapitalbank o'z mahsulotlarini rivojlantirishda davom etadi va mijozlarga bozordagi eng yaxshi yechimlarni taklif etadi», — deb qayd etdi Kapitalbank Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.

4.png

Kapitalbankning 2024-yildagi chakana biznes yo'nalishlaridan biri Kapital Premium va Kapital Privilege premium mahsulotlarini rivojlantirish bo'lib, ular maxsus xizmatlar va shaxsga yo'naltirilgan xizmat ko'rsatishni ta'minlashga qaratilgan.

3.png

Ushbu dasturlar Visa Infinite va Mastercard World Elite premium kartalarini chiqarish va xizmat ko'rsatish, 24 soatlik kons'yerj-xizmat, butun dunyo bo'ylab aeroport biznes-zallariga kirish, shaxsiy menejer tayinlash va ofislarda ustuvor xizmat, shuningdek, depozitlar, valyutani almashtirish operatsiyalari, shaxsiy takliflar va yopiq tadbirlarda ishtirok etish uchun maxsus sharoitlarni ta'minlaydi.

Mahsulot liniyasi rivojlanishi bilan birga, Kapitalbank ijtimoiy dasturlarni faol qo'llab-quvvatlaydi va ESG loyihalarini amalga oshiradi.

Bugungi kunda Kapitalbank mamlakat bo'ylab 2 milliondan ortiq shaxsiy mijoz va 100 mingdan ortiq korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatayotgan holda, 100 dan ortiq filial va ofislar tarmog'iga ega.

1.png

Bank mukofot tashkilotchilariga yuqori bahosi uchun va o`z mijozlariga ishonch va qo'llab-quvvatlashi uchun tashakkur izhor etadi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 228
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech