Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Kapitalbank” ATB o‘zining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonning kichik tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus taklifni taqdim etadi. Aprel oyi davomida hisob raqami oching va zamonaviy onlayn-kassalarni ulash hamda ijara to‘lovi uchun 0 so‘mlik imkoniyatga ega bo‘ling. Imtiyoz terminal ijarasining butun muddatiga amal qiladi.

Odatda tadbirkorlar onlayn-kassaga ulanish uchun 200 000 so‘m va onlayn-kassa orqali oylik xizmat ko‘rsatilishi uchun 100 000 so‘m to‘laydilar. 2026-yilning 1-aprelidan 30-apreligacha “Kapitalbank” ATBda hisob raqami ochsangiz, bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish uchun texnologik yechimni maxsus yubiley narxida — 0 so‘mga qo‘lga kiritasiz!

Onlayn-kassalar yoki “5tasi 1da” Terminallari bu shunchaki bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qiladigan qurilma emas, balki bitta ixcham qurilmada (Pax 930/RTX) amalga oshiriladigan kassir-sotuvchining to‘laqonli zamonaviy ish joyidir. Bu qurilmada korxonalarning savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur bo‘lgan quyidagi asosiy funksiyalar jamlangan:

  • Quyidagi turdagi kartalarni qabul qilish: UZCARD, Visa, Mastercard.
  • Kontaktsiz to‘lovlar: NFC va QR-kodlar orqali to‘lovlarni amalga oshirish.
  • Onlayn NKM (nazorat-kassa mashinasi): O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq fiskal cheklar chop etish.
  • Raqamli markirovka bilan ishlash: Markirovkalangan tovarlar bilan ishlash uchun o‘rnatilgan skaner.
  • Sotuvlarni hisobga olish: Real vaqt rejimi ichida operatsiyalarni qulay monitoring qilish.

Aksiyaning amal qilish muddati — 2026-yil 1-aprelidan 30-apreligacha. Maxsus taklif kichik tadbirkorlik subyektlari uchun amal qiladi. Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun quyida uchta oddiy qadam:

  • 30-apreligacha (30-aprel ham kiradi) “Kapitalbank” ATBning eng yaqin filialiga tashrif buyuring;
  • Hisob raqamini oching va “Start Business” yoki “Pro Business” tarifini tanlang;
  • Terminal olish uchun ariza qoldiring va biznesingiz uchun tayyor yechimni qabul qilib oling.

Eslatib o‘tamiz, “Start Business” yoki “Pro Business” tariflari doirasidagi sizning imtiyozlaringiz quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekistonning boshqa banklaridagi hisob raqamlariga o‘tkazmalar: 300 mln so‘mgacha — bepul;
  • Korporativ kartalarga mablag‘ o‘tkazish: 20 mln so‘mgacha — 0%;
  • Kassa orqali naqd pul yechib olish (YTT uchun): yechilgan summadan atigi 0,3%.
  • Onlayn-kassa ijarasi: terminal ijarasi davrida — oyiga 0 so‘m.

Barcha savollar bo‘yicha “Kapitalbank” ATB filiallari yoki 1278 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin!

“Kapitalbank” ATB — 25 yildirki kichik va o‘rta biznesni biz bilan birga rivojlanishiga yordam bermoqda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech