Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Chop etish sanasi: 14.07.2021 y.
Muddat: gacha: 02.08.2021 y.
Ko'rishlar: 1133

Texnologik shartlar: 

Seyf yacheykalari va ularga tegishli elementlarga qo'yiladigan talablar:
Depozit modulining o’ziga xos xususiyatlari:
- yanada takomillashgan himoya va xavfsizlik uchun yashirin oshiq-moshiqlar;
- qulf kamida UL (AQSh) darajasida sertifikatlangan bo'lishi kerak, mijoz / bosh kalit ;
- yacheykalardan foydalanishni nazorat qilish tizimi - qo'lda boshqariladi;
- "old tomon" qoplamasi zanglamaydigan po'latdan (silver) bo'lishi kerak.

Modullar quyidagi miqdoriy ko'rsatkichlarni ta'minlaydigan tarzda joylashtirilishi kerak:
Modullarning umumiy soni 8 dona.
Depozit yacheykalarining yakuniy soni (kengligi 300 mm, chuqurligi 450-600 mm):
- balandligi 525 mm bo'lgan yacheykalar - 24 dona;
- balandligi 256 mm bo'lgan yacheykalar - 24 dona;
- balandligi 126 mm bo'lgan yacheykalar - 72 dona:
- balandligi 74 mm bo'lgan yacheykalar - 240 dona;
Tortma javon - 8 dona.
Aniq o'lchamlar, har bir ma’lum ishlab chiqaruvchining texnik xususiyatlariga qarab, farq qilishi mumkin, lekin taxminan ko'rsatilgan parametrlarga mos kelishi kerak; yacheykalar va modullarning kattaligiga qarab, miqdoriy ko’rsatkichlar +/- 15% gacha diapazonda o'zgarishi mumkin. Yacheykalar muhrlash yoki plombalash moslamasi bo'lgan yopiq lotoklar bilan jihozlangan bo'lishi, shuningdek alohida osma qulfdan foydalanish imkoniyati bo'lishi kerak. Yacheykalarda shaxsiy yacheyka raqami koʻrsatilgan boʻlishi kerak;

Pul ombori eshigiga qo’yiladigan talablar:
1) zamonaviy va nafis dizayn;
2) koʻproq xavfsizlik uchun rezbali (shiqillab yopiladigan) birikmaga ega bo’lgan kombinatsiyali va kalitli qulflar;
3) buzib kirishdan/kirib ketishdan himoyalashga qaratilgan 5 darajali tizimiga ega kompleksli bloklash moslamasi.
4) panjarali eshik.
5) Xususiyatlari: Umumiy o'lchamlari - (B x K x CH) 2020 mm x 1200 mm x 297 mm; Eshik o'lchamlari - (B x K x CH) 1850 x 900 x 178; Eshik oʻrni - (B x K) 1830 x 840; Devordagi oʻrni - (B x K) 1975 x 1160; ogʻirligi - 650 kg.
6) Kamida C sinfidagi eshik qulflari bilan jihozlanganlik.

Boshqa shartlar.
1. Kafolat muddati - kamida 2 yil;
2. Depozitariyni va pul ombori eshigini alohida yetkazib berishga yo'l qo'yilmaydi.
3. Kafolat muddati mobaynida depozitariyga bepul servis xizmati koʻrsatish;
4. Bank xodimlarini o'qitish;
5. Tovarlar sanitariya-gigiyena me'yorlariga muvofiq bo'lishi kerak;
6. Qadoq yuklarni tashish va saqlash vaqtida tovarlarning xavfsizligini ta'minlashi kerak;
7. Yetkazib beruvchi kompaniya ishlab chiqaruvchi kompaniyaning firma blankasida uning O'zbekiston Respublikasi hududida seyf depozitariyini kamida 2 (ikki) yillik sotish, o'rnatish va unga xizmat ko'rsatish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi dolzarb xatni taqdim etishi shart.
8. To'lov shartlari - yetkazib berilganida 100% toʻlanadi
9. Taklif yuborishdan oldin, ishtirokchi obyekt bilan tanishib chiqishi kerak

Obyekt: ”Akay siti” pul ombori
Poldan bostirma plitasigacha boʻlgan balandlik: 3230 mm
Poldan rigelgacha bo'lgan balandlik: 2690 mm

Agar sizni qiziqtirgan boʻlsa, tijorat taklifini quyidagi manzilga yuboring:  "Kapitalbank" ATB, Yashnobod filiali, Maxtumquli ko'ch., 1, Ma'muriy departamentning xaridlar boshqarmasi, 3-qavat.

Shuningdek, ochiq shakldagi tijorat takliflari [email protected], [email protected] elektron pochta manzillariga, belgilangan vaqtdan kechiktirmay, qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun bogʻlanish mumkin boʻlgan shaxs: Fattaxov Ruslan, e-mail: [email protected] Mob. tel.: + (998) 90 370 00 65

Takliflar berishning oxirgi muddati - 2021-yil 02 -avgust, soat 12:00.

Depozitariy


So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech