Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbankdan biznes uchun 17% gacha depozitlar
25 Apr 2024
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun Kapitalbankdan yangi taklif: 10, 30, 60 yoki 90 kun muddatga yillik 17% gacha bo'lgan so’mlik daromadli depozitlar. Uzum Business masofaviy bank xizmatlari uchun mobil yoki web-ilova orqali omonat ochishingiz mumkin.

— Biznesni qo‘llab-quvvatlash bankimizning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Biz ham kichik biznes, ham yirik kompaniyalar uchun eng qulay, tez va foydali mahsulotlarni qulay shartlarda taqdim etishga intilamiz, — deydi Kapitalbank kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha boshqaruvchi direktori Andrey Shchennikov — Bugungi kunda 65 mingdan ortiq tadbirkorlar o'z ishlarini rivojlantirish uchun Kapitalbankni ishonchli hamkor sifatida tanlaydilar.

Minimal investitsiya summasi - 1000 so‘m. Foiz miqdori avvalgi kun uchun omonat bo'yicha haqiqatda yotgan summadan kelib chiqqan holda kunlik hisoblanadi. Foiz stavkasi har oyning 25-kunida to'lanadi.

Yangi mahsulot haqida batafsil maʼlumotni https://business.kapitalbank.uz/depozit-ru sahifasida yoki (+998 78) 148-40-08 telefon orqali olishingiz mumkin.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 171

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech