Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Biz birgamiz va bu biz kuchlimiz degani” - Kapitalbank o'z xodimlari uchun videolavhani tayyorladi
26 Apr 2024
Kapitalbank o‘z xodimlari uchun bank jamoasining xilma-xilligi va birdamligini ta’kidlaydigan rag‘batlantiruvchi videolavhani suratga oldi. Videoda mamlakatimizning turli hududlarida ishlaydigan bank xodimlarining kundalik hayoti, har kuni bir maqsad yo‘lida o‘z ishlarini bajarayotganlari aks etgan.

Lavhani tomosha qilgan diqqatli tomoshabinlar Kapitalbankning asosiy qadriyatlari videoga mahorat bilan kiritilganini payqashlari mumkin: halollik, shaxsga hurmat, mijozga e’tibor, chempionlikka intilish, jamoada ishlash qobiliyatlari.

Masalan, video qahramonlaridan biri o'qiyotgan kitobdagi xatcho'pda "halollik" so'zini o'qish mumkin. Xurmatni, uning ko‘chadagi yoshi ulug' keksalar bilan salomlashib turganida ko'rishimiz mumkin. Bank ofisidagi mijozlarga xizmat ko'rsatish kadrlari mijozlarga yo'naltirilganlik tamoyilini aks ettiradi va chempionlik istagi sport faoliyati va bosh qahramon tomonidan kiritilgan gol orqali namoyon bo'ladi. Biroq futbol o‘yini birgalikda kino tomosha qilish va umumiy muammolar hal etiladigan hamkasblar uchrashuvi bilan bir qatorda, Kapitalbankning yana bir qadriyati – jamoaviy ishning ramzini aks etadi.

— Bugungi kunda bankimiz jamoasi 3 mingdan ortiq kishidan iborat bo‘lib, ularni umumiy vazifa va o‘z ishiga muhabbat birlashtirgan. Ular haqida videolavha yaratish g‘oyasi xodimlarimizga minnatdorchilik bildirish, qolaversa, bankimiz g‘urur va o‘ziga xosligi ramzi sifatida tug‘ildi, — deydi Oksana Lindina, ATB “Kapitalbank” boshqaruv kengashi a’zosi, kadrlar siyosati departamenti direktori. — Biz bu g‘oyani katta do‘stona jamoa mehnati evaziga hayotga tatbiq etishga muvaffaq bo‘ldik. Mini-filmni yaratishda O‘zbekiston, Rossiya va BAA xalqaro jamoasi ishtirok etgan bo‘lsa, suratga olishda bankimizning 50 dan ortiq xodimlari ishtirok etishdi.

Lavhaga bank xodimlari uchun maxsus yozilgan korporativ qo‘shiq ham kiritilgan. Matn va musiqa muallifi Kapitalbank Kuzatuv kengashi aʼzosi Kirill Markevich bo'ladi. Qo'shiq matnida jamoaviy ruh, umumiy g'alabalar va doimiy oldinga intilish haqida so'z boradi, bu esa Kapitalbankning asosiy qadriyatlari va tamoyillarini aks ettiradi.
Loading the player...
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 301

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech