Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank omonatlar bo‘yicha yutuqli o‘yin natijalarini sarhisob qildi
12 Jan 2024
Kapitalbank 2023-yil 2-oktyabrdan boshlab bank omonatchilari o‘rtasida keng ko‘lamli o'yin o‘tkazdi. Aksiyaning sovrin jamg'armasi 520 million so'm va 4 ta Chevrolet Nexia 3 ni tashkil qildi. 2024 yil 3 yanvar kuni Kapitalbank so'nggi 40 million so'm va 4 chi avtomobil o'yinini o‘tkazdi. Aksiyaning o'zi 2023 yil 31 dekabrda yakunlandi.

KB_site_1_B.jpg

2023 yildan 1-sentyabrdan 2023 yil 31 dekabrgacha – so‘mlik “Visaga har kuni foiz” yoki “Oltin Kuz” yoki valyutada Zoʻr 7% yoki Zoʻr 8% omonatlaridan birini ochgan bank mijozlari - oʻyinda ishtirok etdilar.

KB_site_1_C.jpg

Aksiyaning butun davri davomida Kapitalbank o‘zining Instagram sahifasi va Telegram kanalida 13 ta jonli efirlar o‘tkazdi. O‘zbekistonning turli hududlaridan 117 g‘olibga 3 milliondan 10 milliongacha pul mukofotlari topshirildi. Qoraqalpog‘istonlik Sarsenbayev Bobur, Toshkentdan Brajnikov Vitaliy, Kasyanenko Sergey va Xvan Maksim yangi Chevrolet Nexia 3 avtomobili sohibi bo‘ldi. Barcha translyatsiyalar yozuvlarini Kapitalbankning Instagram sahifasida tomosha qilish mumkin. Pul mukofotlari va avtomobillar g‘oliblari tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanishgan edi.

- “...Yutuqli o'yinlarda qatnashganman, lekin hech qachon yutmas edim...” - Sarsenbaev Bobur, Chevrolet Nexia 3 avtomobilining birinchi g'olibi

- “... yutganimga ishonch hosil qilish uchun Toshkent shahar filialiga bordim, u yerda maʼlumotni tasdiqlashdi...” - Vitaliy Brajnikov, Chevrolet Nexia 3 avtomobilining ikkinchi gʻolibi.

- “...Bosh sovrinni qo‘lga kiritishimni xayolimga ham keltirmasdim...” - Sergey Kasyanenko, Chevrolet Nexia 3 avtomobilining uchinchi g‘olibi

- “...bugun qo‘limda Kapitalbank sovg‘a qilgan shaxsiy avtomobilim kalitini ushlab turibman...” - Xvan Maksim, Chevrolet Nexia 3 avtomobilining to‘rtinchi g‘olibi

KB_site_1_D.jpg

Aksiya ishtirokchilari o‘yinning asosiy sovrinlaridan tashqari o‘z omonatlari bo‘yicha foizlarni ham oldilar. Omonat ochmoqchi bo‘lganlar Kapitalbankda foydali omonatlardan birini ochib, foizlardan qo‘shimcha daromad olishlari mumkin. Barcha omonatlar O‘zbekiston Respublikasi Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan himoya qilinadi. Bankning yangi va joriy takliflari bo‘yicha shartlar va batafsil ma’lumotlarni bank veb-saytida yoki 1340 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin.

Kapitalbank omonat bo‘yicha yutuqli o‘yin ishtirokchilariga minnatdorchilik bildiradi va barchaga moliyaviy rivoj va maqsadlariga erishishni tilaydi.

G'oliblar ro'yxati
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3825

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech