Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
07 aprel 2021 y. - y.
"Kapitalbank" o'zining 20 yillik yubileyi arafasida yirik bankning do'stona xodimlarini birlashtirgan go'zal bahor tadbiri - sumalyak party ni tashkil etdi.

photo_2021-04-06_12-18-28.jpg

Sumalak pishirish an'anasi qadimgi davrlardan boshlangan. Ammo bugungi kunda ham u o'z ahamiyatini yo'qotmay kelmoqda: har yili mart oyi oxiri va aprel oyining boshlarida O'zbekistonning barcha tumanlarida ulkan qozonlarni kuzatish mumkin, ular atrofida oʻyin-kulgi sadolari kun bo'yi va tuni bilan to'xtamaydi.

photo_2021-04-06_12-18-59.jpg

"Kapitalbank" xodimlari uchun ham sumalak pishirish yaxshi va uzoq yillik an'ana hisoblanadi. Har yili bahor tadbiri o'nlab ishchilarni birlashtiradi. Bu yil esa sumalak tayyorlash bank uchun muhim sana - "Kapitalbank"ning 20 yillik yubileyiga to'g'ri keldi.

photo_2021-04-06_12-19-24.jpg

"Sumalak sayli - bu milliy liboslar, raqslar, qo'shiqlar, quvnoq musobaqalar va, albatta, an'anaviy bahor taomlari demaksir. Biz har bir inson o'zini bu ajoyib bahor bayramining va katta jamoaning bir qismidek his qiladigan shunday bayramona muhit yaratishga harakat qilamiz", - deya taʼkidlashdi Bankning HR-departamenti xodimlari.

photo_2021-04-06_12-20-19.jpg

Tadbir ikki kun davom etdi. Birinchi kunning asosiy qismi musobaqalar va oʻyin-kulgi bilan, ikkinchi kuni esa bayramona palov va sumalakning ochilishi bilan oʻtdi. Xodimlar bahorgi noz-ne'matlarni munosib baholashdi, eng omadlilarning sumalagidan esa yil davomida baxt yor boʼlishi va istaklarning amalga oshishini va'da qiluvchi qadrli toshlar chiqdi.


Ro’yxatga qaytish

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech