Visa Kapitalbank So'm bank kartalari egalari uchun yana bir xushxabar. Endi kartalarni Paynet to‘lov xizmati orqali to‘ldirish mumkin. Tarmoqning 25 mingta agent punktlari va axborot kiosklarini O‘zbekistonning hamma joyida uchratish mumkin.
"O‘zbekistonning millionlab aholisi uyali aloqa, kommunal xizmatlar va boshqa to‘lovlarni kundalik xaridlar uchun boradigan eng yaqin do‘kon kassasida to‘lashga odatlanib qolgan. Endi esa xuddi shu kassada Visa Kapitalbank So‘m kartangizni to‘ldirishingiz mumkin”, — deya xabar berdi “Kapitalbank” matbuot xizmati.
—Kapitalbank O‘zbekistonning amalda istalgan nuqtasida kartalarini to‘ldirish imkoni bo‘lgan mamlakatdagi birinchi va yagona bankka aylandi. Tizimimizdagi 25 mingta naqd pulni qabul qilish punktlaridan eng yaqinidan foydalanish kifoya”, — deya tasdiqladi Paynet xizmati. Bundan tashqari, Paynet mobil ilovasida to‘ldirish mumkin.
Visa Kapitalbank So'm kartasi egasining so‘mlik hisobvarag‘iga ulangan bo‘lib, tovar va xizmatlar uchun ham mamlakat ichida, ham xorijda naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Chet elda to'lovlarni amalga oshirishda xaridlar so'm hisobidan to'lanadi. Bu esa xorijiy valyutada toʻlovni amalga oshirish uchun ayirboshlash shahobchalarini qidirish, mahalliy banknotalar yoki kartalarni hamyoningizda olib yurish zaruratini bartaraf etadi.

/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
159