Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Oflayn-omonatlar omonatchilarga pul keltirishda davom etmoqda!
13 Apr 2020

Karantin davrida aholiga zarur ehtiyojsiz uydan chiqish tavsiya etilmaydi, shuning uchun ko’plab omonatchilar o’zlari shaxsan bankka kelish va pullarini olish imkoniyatiga ega emaslar. Lekin ayni paytda bank bo’linmalarida ochilgan ko’plab omonatlarning muddati oxiriga yetdi yoki yetmoqda. «Kapitalbank» filiallarida ochilgan va muddati karantin davrida tugaydigan omonatlarni qayta rasmiylashtiradi. Barcha omonatlar foyda keltirishda davom etadi.

Вклады_-700х394.jpg

«Kapitalbank»ning so’mdagi omonatlari yillik foiz stavkasi 21% li «Navro’z» omonatiga o’tkaziladi. AQSh dollaridagi omonatlar omonatchilarga yiliga 5% daromad keltiradigan Kapital omonatiga o’tkaziladi. Omonatlarning muddatlari – 36 oy.

Bu amalda nimani bildiradi? Endi agar omonat muddati karantin davrida tugaydigan bo’lsa, pullar karantin tugaguncha “o’lik yuk“ bo’lib yotmaydi, balki avtomat tarzda faollashib, foyda keltirishda davom etadi. Y’ani omonatlar xuddi “davom etayotgandek” bo’ladi. «Kapitalbank»ning plastik kartalari bo’lgan omonatchilar Apelsin mobil ilovasini yuklab olishlari va uning tasdiqlangan foydalanuvchilari bo’lishlari mumkin, bu ularga omonatlarining holatini va hisoblangan foizlarni kuzatib borish imkonini beradi. Bunda omonatchilar omonatdagi pul mablaǵlarini qisman echib olishi va to'ldirishlari mumkin. Agar omonatchi pullarini muddatidan oldin yechib olishni hohlasa, u omonatning to’liq omonatda turgan har bir oyi uchun foizlarni oladi. «Kapitalbank» ning plastik kartalari bo’lmagan Toshkentdagi omonatchilar Kapitalbank» Humo kartalarini buyurtma qilishlari mumkin, ular yetkazib berish xizmati orqali mutlaqo bepul uylariga yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmati ishlab turgan boshqa shaharlarda «Kapitalbank» Uzcard kartalarini bepul olish mumkin.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 461
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech