Kapitalbank Samarqand marafonida o‘z xodimlari orasida 300 dan ortiq ishtirokchilarni jamlab, o‘z rekordini yangiladi. Marafon ishtirokchilari uchun Kaapitalbankning sovg’asi sifatida Registonda “Samarkand Marathon 2024” doirasidagi katta lazer shousi o’tkazildi.
3 noyabr kuni bankning 310 nafar xodimi har yili o‘tkaziladigan Samarqand marafonida ishtirok etdi. Bank xodimlari 2 km dan 42 km gacha masofani bosib o‘tdi. Marafonlarning faol ishtirokchisi, Kapitalbankning Marketing bo’limi direktori Shirin Yusupova O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Samarqand marafoni-2024” doirasida ilk bor tashkil etilgan alohida e’tiborga muhtoj farzandli ota-onalar uchun 5 km masofaga poygada ishtirok etdi.Shuningdek, bank sovrinli o‘rinlardan birini qo‘lga kiritib, 5 km masofaga yugurish bo‘yicha umumjamoa hisobida peshqadamni aniqladi.
So’nggi bir yil davomida Kapitalbank xodimlari O‘zbekiston bo‘ylab 5 ta marafonda ishtirok etishdi. Shu bilan birga, bank barcha sportchilarga transfer, ovqatlanish va musobaqalar uchun kiyim-kechak, shuningdek, tadbir doirasida o‘z xodimlari uchun turli ekskursiya dasturlarini taqdim etadi. Masalan, joriy yilda bank Registonda katta kutilmagan hodisa– lazer shousini tashkil qildi. Kapitalbank xodimlari va diqqatga sazovor joylarga tashrif buyuruvchilar Samarqand tarixini aks ettiruvchi tomoshadan bahramand bo‘lishdi.
Joriy yilning yozida Kapitalbank ilk bor o‘z xodimlari uchun “Kapitalbank Cyber Games” kibersport musobaqasini, oktyabr oyi oxirida esa “Kapitalbank Cup” korporativ futbol chempionatini tashkil etib, xodimlarga o'zlarining jamoaviy o'yin qobiliyatlarini namoyish qilish uchun imkoniyat yaratdi. O‘z xodimlarining kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun 2024-yil boshida bank o‘z ta’lim markazi – Kapitalbank akademiyasining ishga tushirilishini e’lon qildi. Akademiyada o’z xodimlari uchun bank sohasida kasbiy va shaxsiy ko'nikmalarni rivojlantirish bo'yicha muntazam ravishda bepul treninglar o'tkaziladi.
Bugungi kunda Kapitalbank – nafaqat moliyaviy tuzilma, balki birgalikda rivojlanish, bir-birini qo'llab-quvvatlash va yangi marralarga erishish maqsadi bilan birlashgan 3300 dan ortiq hamfikr xodimlardan iborat jipslashgan jamoa. Bunday tadbirlarda ishtirok etish istagini bildiruvchilar soni borgan sari ortib bormoqda. Kapitalbank xodimlarning farovonligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda va rag‘batlantirishda davom etmoqda.

/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
320