30 noyabr kuni futbol faxriylari uchun xayriya uchrashuvi bo'lib o'tdi. 70 yoshdan 80 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirok etgan o'yinning tashkilotchilari "Kapitalbank" va Toshkent futbol assotsiatsiyasi bo'ldi.
—Bu afsonaviy sportchilar o‘zbek futboli tarixini yozib qoldirishgan va o‘zlari namuna sifatida boshqalarni ilhomlantirishda davom etishmoqda. Ular uchun futbol—hayot, faol turmush tarzi esa o‘zgarmas odatdir, —deydi sport sharhlovchisi, jurnalist Mirzahakim To‘xtamirzayev.
O'yinchilar orasida faxriy futbolchilar, O'zbekiston va SSSR terma jamoasi murabbiylari Gospodarchuk Yuriy Mixaylovich, sport ustalari Abduraimov Berador Hasanovich va Ubaydullaev Axmadjon Inoyatovich, 1994-yilgi Osiyo o'yinlari chempioni Abduraimov Azamat Beradorovich, 1997- va 1999-yillardagi O'zbekiston chempioni Mirsadikov Rustam To'xtamurodovich, 1997-yilgi O'zbekiston chempioni Soloxo Vyacheslav Vasilevichlar bor.
“Bu biz uchun katta futbol bayrami bo'ldi. Sport faxriylarini kamdan-kam uchratish mumkin, futbolchilar yoshi katta bo‘lishiga qaramay, qiziqarli o‘yin ko‘rsatishdi”, —deydi SSSR va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan futbolchi, murabbiy Rauf Inileev.
Uchrashuv nafaqat futbolchilarni, balki katta tajribaga ega ishqibozlarni ham jamladi, mamlakatning boy sport tarixini aks ettirdi hamda har qanday yoshda ham salomatlik va jismoniy faollikni saqlash muhimligiga e’tibor berilishiga zamin yaratdi.
— Kapitalbank o‘z xodimlari uchun tez-tez sport musobaqalarini tashkil etadi. Biz sport—hayotni o‘zgartirib, odamlarni birlashtira oladigan kuch ekanligiga ishonamiz. Va bunday o‘yin nafaqat sport bayrami, balki barchaga o‘tmishimizga, qahramonlarimizga hurmat muhimligini eslatish imkoniyatidir”, deb ta’kidlaydi “Kapitalbank” boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.
Kapitalbank ushbu tadbirni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun barcha ishtirokchilar, tomoshabinlar va Toshkent futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildiradi.

/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
233