Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank omonat bo’yicha tirajlarining ikkinchi oyini boshladi: yil oxirigacha 320 million so‘m va 3 ta avtomobil o‘z baxtli g‘oliblarini kutmoqda.
9 Nov 2023
2-noyabr kuni Kapitalbank omonat tirajlarining birinchi oy natijalarini e’lon qildi. Oktyabr oyi oxirida g‘oliblarga 160 million so‘m va bitta Chevrolet Nexia 3 avtomobili topshirildi. Sovrinlardan birini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lganlarni esa yana 320 million so‘m va 3 ta avtomobil kutmoqda – ular yil oxirigacha o‘ynaladi.

Kecha tirajning ikkinchi oyining ilk g'oliblari ma'lum bo'ldi. Bular Kapitalbank omonatchilari Surxandaryo, Toshekent, Samarqand, Boxoro va Qoraqolpoqston tomonlaridan.  Tiraj bankning Yunusobod filialidan translyatsiya qilindi. Ishtirokchilar oʻrtasida 3 million soʻmdan 10 million soʻmgacha boʻlgan pul mukofotlari oʻynaldi. Umumiy pul mukofoti jamg‘armasi 40 million so‘mni tashkil etdi.
 
Sovrinlar tirajlari har chorshanba kuni soat 17:00 da bank filiallaridan birida bo'lib o'tadi va rasmiy Instagram sahifasi va Telegram kanalida namoyish etiladi. Boshlovchi jonli efirda tasodifiy raqamlar generatori yordamida g'oliblarning ismlarini aniqlaydi. Efirlarning yozilgan shakli bankning Instagramdagi rasmiy sahifasida saqlanadi.

Tiraj ishtirokchisi bo‘lish uchun 2023-yilning 31-dekabriga qadar omonatlardan birini – xorijiy valyutada Zor 7% yoki milliy valyutada “Visaga kunlik foizlar” ni ochishingiz kerak. Kapitalbank yana bir foydali omonat – yillik 24% bilan “Oltin Kuz”ni qo‘shdi, uni ochgandan keyin bank mijozlari avtomatik tarzda tiraj ishtirokchilariga aylanadi.

“Oltin Kuz” omonati va  tiraj shartlari haqida batafsil ma’lumotni bank veb-saytida yoki 1340 qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qilib olishingiz mumkin.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 797

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech