Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank Kuzatuv kengashi tarkibini kengaytirishga qaror qildi
21 Nov 2023
17-noyabr kuni “Kapitalbank” ATB Aksiyadorlari umumiy yig‘ilishida bank Kuzatuv kengashi tarkibini kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va uning yangi tarkibi tasdiqlandi.

Baxram Qodirov “Uzum” ekotizimining direktorlar Kengashiga o‘tishi munosabati bilan Kuzatuv kengashi a’zoligi vakolati tugatildi.

Avval bankda korporativ maslahatchi lavozimida ishlab kelgan Anurbek Xudayberganov, boshqaruvchi direktor lavozimida ishlab kelgan Kirill Markevich va Kuzatuv kengashi raisi maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan Nodirbek Xalbekovlar qo‘shimcha ravishda “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashiga saylanadilar.

— Bank kuzatuv kengashi, bizning nazarimizda, bu -  uning strategiyasi, tamoyillari va maqsadlarining aksidir, – dedi “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abdusamadov. — Kuzatuv kengashi tarkibiga kiruvchi hamkasblarimiz allaqachon bank rivoji, uning xizmatlari va imkoniyatlari, uning bozordagi mavqeini mustahkamlashga katta hissa qo‘shganlar. Ishonchim komilki, ular o'zlarining yangi lavozimlarida bank, mijozlar va umuman olganda moliya tizimini rivojlantirish uchun yanada ko'proq mehnat qilishlari mumkin.

Kuzatuv kengashining 9 kishiga kengaytirilishi uning nazorat funksiyalarini kuchaytirishi, va eng muhimi, ustuvor strategik loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirishi, endilikda ularning har biri Kuzatuv kengashi a’zolaridan biri tomonidan nazorat qilinishi kerak bo’ladi. “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi tarkibiga kiritilgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 440

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech