Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
«Kapitalbank» kredit bo'yicha arizalarni yanada tezroq ko'rib chiqadi
11 Jun 2020

«Kapitalbank» qarz oluvchining tahlilini "skoring" tizimi va "anderrayting"ini ishlab chiqdi va ishga tushirdi. Aytilishi qiyin, lekin barchasi juda oddiy.

Skoring - asosida statistika usullari yotuvchi, mijozlarning to'lovga qodirligini baholash tizimi. Odatda, bu potensial qarz oluvchining ma'lumotlari kiritiladigan kompyuter dasturi. Dastur vijdonli qarz oluvchilarga "ballar" berib, ularning reytingini ko'taradi va qarzdorlarga shunday "ball"ga jarima soladi. "Skoring" nomi inglizcha score, ya'ni "hisob" so'zidan olingan.

Skoring modeli mijoz haqida ma'lumotni bir onda olish imkonini beradi (faqat uning roziligi bilan). Mijozning reytingidan kelib chiqib, bank kredit berish haqida qaror chiqaradi.

"anderraytinga" keladigan bo'lsak - kredit xavflarining baholanishi, u ham kredit berish qaroriga ta'sir qiladi.

Bir qarashda bunday begona tushunchalar ostida mijozlar uchun jiddiy qulayliklar yashirin.

Hozir "skoring" va "anderrayting" yordamida bajarilayotgan ishlar avvallari qo'lda qilingan va shuning uchun ko'p vaqt talab qilgan. Mijozlarning anketalari bir necha kunlab tekshirilishi mumkin edi, endi esa kredit berilishi yoki rad etilishi to'g'risidagi qaror ma'lumotlar avtomat tarzda qayta ishlangandan so'ng 5-10 daqiqa ichida qabul qilinadi.

Skorring inson omilini to'liq istisno qiladi. Jarayonlar haqqoniy va adolatli. Hech qanday "shaxsiy" munosabatlar dasturning qaroriga ta'sir qila olmaydi.

Jarayonlar batafsil ma'lumotlarni to'playdi va ularni diqqat bilan tuzib chiqadi - bu kreditga qodir mijozlarga qiziq takliflar berish imkonini beradi.

"Kapitalbank" mijozlariga imkoni bo'lgan eng yaxshi xizmatni ta'minlash uchun eng so'ngi texnologiya va tizimlarni joriy qilmoqda. Yangiliklarni kuzatib boring va "Kapitalbank" bilan bank sohasidagi innovatsiyalar haqida bilib boring.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1388

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech