Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" "Karyera kuni" bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida ishtirok etdi
19 Feb 2021
18-fevral kuni Oliy va o'rta maxsus ta'lim tashabbusi bilan Toshkent moliya instituti binolaridan birida ish izayotgan yoshlar uchun bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi bo'lib o'tdi. Tadbirda yirik mahalliy kompaniyalar va banklar hamda TMI talabalari ishtirok etishdi.

Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida "Kapitalbank" ham ishtirok etdi. Bank vakillari bir qator suhbatlar o'tkazdilar, rezyumelarni qabul qildilar va ish izlayotgan yoshlarga bank sohasidagi ishlar to'g'risida so'zlab berdilar. Shuningdek, ish izlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bankning rasmiy saytiga olib boruvchi QR-kod ishlab chiqilgan bo'lib, u yerda har qanday qulay vaqtda bo'sh ish o'rinlari bilan tanishish va rezyumeni onlayn tarzida yuborish mumkin. Yarmarkaning bir kunlik faoliyatida "Kapitalbank" stendiga ikki yuzdan ortiq odam tashrif buyurdi. 140 ga yaqin yosh mutaxassislar o'zlarining rezyumelarini qoldirdilar.

"Kapitalbank" ning HR-departamentida ish beruvchi va potentsial xodim yuzma-yuz uchrashib, ishga joylashish bo'yicha barcha o'zlarini qiziqtirgan savollarini berishga imkon beradigan bunday tadbirlarning muhimligini ta'kidlandi.

photo_2021-02-18_19-06-55.jpg

photo_2021-02-18_19-11-58.jpg

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 242
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech