Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank Converse Bank bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi
22 Oct 2024
O‘zbekistonning yetakchi banklaridan biri Kapitalbank va Armanistonning jadal rivojlanayotgan banki, “Converse Bank” o‘rtasida uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risida bosh kelishuv imzolandi. Bu kelishuv O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi moliyaviy va savdo aloqalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Endi Kapitalbank mijozlari tezlashtirilgan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri operatsiyalarni amalga oshirishlari, Kavkaz mamlakatlarida tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar uchun foydali valyuta ayirboshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kelishuvga  ikki tomonlama erishildi.

Сайт_ 700x500 px Ru 13.png

— Ushbu kelishuv ikki davlat uchun yangi biznes imkoniyatlarini ochib beradi, oʻzaro investitsiyalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilaydi, shuningdek, tajriba va ilgʻor moliyaviy texnologiyalar almashinuvi uchun zamin yaratadi, — deydi Kapitalbank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Sardor Ismailov. — Kelishuvimiz moliya va tadbirkorlik faoliyatining turli yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam asos yaratishga qaratilgan. Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali nafaqat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, balki mintaqaviy biznesni rivojlantirishga ham salmoqli hissa qo‘shishimiz mumkin.

Сайт_ 700x500 px Ru 15.png

"Converse Bank" YoAJ haqida

1993 yilda tashkil etilgan jadal rivojlanayotgan bu bank Armaniston bo'ylab 30 dan ortiq filiallariga ega bo'lib,  jismoniy va yuridik shaxslarga turli xizmatlarni taklif etadi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 141

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech