Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Filiallarning ish vaqti haqida
7 Mar 2025
Hurmatli mijozlar,

Ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli 10 mart kuni bankning barcha filial va bo‘limlari yopiq bo‘ladi. 11 martdan boshlab bank o‘z faoliyatini odatdagi tartibda davom ettiradi.

Kapitalbank ilovasida quyidagi bank xizmatlari mavjud:
  • Kreditlarni so‘ndirish
  • Xizmatlar uchun to‘lovlar
  • Pul o‘tkazmalari
  • Omonat va hisobvaraqlar ochish
Kapitalbankga tegishli bankomatlar 24 soat ishlaydi, ular orqali quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
  • Humo, Uzcard, Visa, Mastercard va UnionPay plastik kartalariga xizmat ko‘rsatiladi;
  • Kartalardagi mablag‘larni milliy valyutada naqdlashtirish mumkin;
  • Kartani so‘mda ham, AQSH dollarida ham to‘ldirish mumkin;
  • Kapitalbank bankomatlari orqali valyuta ayirboshlash xizmati ham ko‘rsatiladi;
  • Yuridik shaxslar bankomatlar orqali milliy valyutada o‘z hisobvaraqlarini to‘ldirish (inkassatsiya qilish) imkoniyatiga ega;
  • Kreditlarni naqd pul bilan to‘lash
Bank veb-sayti:
  • Ro‘yxatdan o‘tmasdan har qanday bank kartalari orqali kreditlarni to‘lash
To‘lov kartalari orqali xarid qilish odatdagi tartibda amalga oshirilmoqda.

Bizning aloqa markazimiz 1340 qisqa telefon raqami orqali 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 393

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech