Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Eksport qiluvchi korxonalar "Kapitalbank" dan keshbekka ega bo’ladilar.
9 Apr 2020

O'zbekiston korxonalari o'z mahsulotlarini dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlariga eksport qiladilar, bu esa mamlakat iqtisodiyotiga valyutaning kirib kelishini ta'minlaydi. Ammo, barcha singari, bugungi kunda eksport qiluvchilar ham ko’plab murakkabliklar va ortib borayotgan xarajatlarga duch kelmoqdalar.

Eksport qiluvchilarni qo'llab-quvvatlash va koronavirus pandemiyasining salbiy iqtisodiy oqibatlarini yumshatish maqsadida "Kapitalbank" eksport qiluvchilardan chet el valyutasini sotib olish bilan bog'liq operatsiyalar bo'yicha komissiyani "bekor qildi", u ilgari bankka sotilgan valyuta miqdorining 0,1 foizini tashkil etar edi. Bundan tashqari, u savdo hajmiga qarab 1 AQSh dollari uchun 30 so'mgacha bo'lgan keshbekni joriy etdi. Ya'ni, bugungi kunda eksport qiluvchilar eksport tushumlari bo'yicha bankka komissiya to'lash o'rniga, aksincha, bankdan pul oladilar. Bundan tashqari, ular bankka o'zlari avval to'lagan pulga nisbatan uch baravar ko'proq pul olishadi.

- Biz ko'p yillardan buyon tashish sohasida logistika xizmatlarini eksport qilib kelmoqdamiz, - deydi "Sardar-Tashkent" MChJ direktori Xumoyun Toshmatov. - Pandemiya fonida biz, boshqalar kabi, ko'plab muammolarga duch kelmoqdamiz va moliyaviy yo'qotishlarni kamaytirish usullarini izlamoqdamiz. Biz har doim banklarga bankka sotilgan valyuta summasining 0,1% miqdorida komissiya to'lardik. Agar ilgari biz bir nechta banklar bilan ish olib borgan bo'lsak, endi biz barcha eksport shartnomalarini “Kapitalbank”ka o’tkazyapmiz, chunki ularning xizmati biz uchun nafaqat bepul bo'ldi, balki xorijdan jalb qilingan har bir dollar uchun “Kapitalbank”dan qo'shimcha “keshbek” olyapmiz. Bu, albatta, biz uchun ham, har qanday eksport qiluvchilar uchun ham foydalidir."

Va yana bir yangilik: jismoniy shaxslardan keyin endi tashkilotlar ham bankka tashrif buyurmasdan “Kapitalbank” mijozlariga aylanishi mumkin. Batafsil ma’lumotlar - ish vaqtida, “Kapitalbank”ning yuridik shaxslar uchun ixtisoslashgan aloqa markazida: (+998) 78−148−40−08.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1102

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech