Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Banklar indeksida "Kapitalbank" birinchi o'rinni saqlab qoldi
11 Feb 2021
"Kapitalbank" moliyaviy vositachilik, aktivlar sifati va likvidligi bo'yicha yuqori natijalarni ko'rsatdi, deb hisoblaydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM).
 
ITIM O'zbekistondagi barcha tijorat banklarini o'z ichiga olgan Bank faolligi indeksini taqdim etdi. Umumiy reytingda "Kapitalbank" birinchilikni saqlab qoldi.
 
Moliyaviy vositachilikning asosiy ko'rsatkichi real sektordan jalb qilingan depozitlarning kreditlarga nisbati hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich qanchalik yuqori bo'lsa, "Bank faolligi indeksi" shuncha yuqori bo'ladi. Shunday qilib, "Kapitalbank" dagi jamg'arma va muddatli omonatlarning umumiy kreditlar hajmidagi ulushi 85 foizni tashkil etdi.
 
Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda O'zbekiston bank tizimida 31 ta tijorat banki faoliyat yuritmoqda.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 253
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech