21 oktyabr 2024 y. -
y.

O‘zbekistondagi eng yirik xususiy banklardan biri bo‘lgan Kapitalbank 2024-yil 21-24-oktabr kunlari Pekinda bo‘lib o‘tadigan SIBOS 2024 forumining rasmiy ishtirokchi-eksponenti bo‘lgan birinchi o‘zbek bankiga aylandi. Tadbir har yili SWIFT axborot uzatish va toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha xalqaro banklararo tizimi tomonidan tashkil etiladi.
— Banklar, hukumatlar va texnologik kompaniyalar o'rtasidagi hamkorlik barqaror moliyaviy ekotizimni yaratish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. SIBOS xalqaro moliyaviy forumida ishtirok etish tajriba almashish, yangi trendlarni muhokama qilish va mijozlarimizga zamonaviy va samarali moliyaviy yechimlarni taklif qilishda yordam beradigan strategiyalarni shakllantirish uchun noyob imkoniyat yaratadi, — dedi Bank Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismailov. — Ishonchimiz komilki, xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etish nafaqat bank, balki butun moliya sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi, butun dunyo bo‘ylab hamkorlarimiz bilan hamkorlikning yangi istiqbollarni ochish orqali O‘zbekiston tadbirkorlariga xalqaro maydonlarda o‘z biznesini yuritish imkonini beradi.

SIBOS-2024 forumi doirasida Kapitalbank xalqaro hamkorlar bilan bir qator strategik muhim muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, “davra suhbat”larida ishtirok etadi.
SIBOS haqida
SIBOS konferensiya-ko'rgazmasi–pul mablag’lari, qimmatli qog'ozlar va savdo boshqaruvi masalalarida tajriba almashish va jamoaviy qarorlar qabul qilish uchun eng yirik bank tadbiri bo’lib, 1978-yildan beri o'tkazib kelinmoqda. Shuningdek, tadbirda raqamli valyutalar, blokcheyn va ESG loyihalari mavzulari ham muhokama qilinadi.
SWIFT haqida
SWIFT - ma'lumot uzatish va to'lovlarni amalga oshirish uchun xalqaro banklararo tizim. Tizimning o'zi to'lov tizimi emas–u ishtirokchilar o'rtasida hisob-kitob va o'zaro kliring funktsiyalarini bajarmaydi. 1973 yilda tashkil etilgan.