31 avgust 2022 y.
19:59
Yaqinlashib kelayotgan kengayish munosabati bilan "Kapitalbank" ATB quyidagi shahar/tumanlardagi savdo nuqtalariga ixodimlarni saralash to'g'risida e'lon qiladi:
- Guzor, Qashqadaryo viloyati
- Kitob, Qashqadaryo viloyati
- Shaxrisabz, Qashqadaryo viloyati
- Chirokchi, Qashqadaryo viloyati
- Asaka, Andijon viloyati
Nomzodga qo’yiladigan talablar:
- eng yaqin aholi punktida yashash;
- ma'lumoti: o’rta maxsus (bank kolleji);
- tillarni bilish: o'zbek va rus tillari;
- muloqotga kirishuvchanlik, mijozlarga yo'naltirilganlik, jamoada ishlash qobiliyati, muammolarni hal qilish ko’nikmalari.
Lavozim majburiyatlari:
- pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarni saqlanishini ta'minlovchi qoidalarga qat'iy rioya qilgan holda ularni qabul qilish, hisobga olish, chiqarish va saqlash bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish;
- kupyuralarning haqiqiyligini tekshirish;
- bank hujjatlarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini va imzoning haqiqiyligini tekshirish;
- kassa bo'yicha kunlik hisobotni shakllantirishni ta'minlash;
- tegishli bank hujjatlarini rasmiylashtirishni amalga oshirish;
- o'z samaradorlik darajasini oshirish;
- qonun talablari, bankning mahalliy normativ hujjatlari, rahbariyat ko‘rsatmalariga rioya qilish.
Sharoitlar:
Ish jadvali 5/2 9:00 dan18:00 gacha;
Kelgusi karyeraviy o'sish uchun imkoniyat;
Ajoyib jamoaviy muhit.
Qiziqqan nomzodlardan o'z rezyumelarini [email protected] elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz.