Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
31 avgust 2022 y.    19:42

Yaqinlashib kelayotgan kengayish munosabati bilan "Kapitalbank" ATB quyidagi shahar/tumanlardagi savdo nuqtalariga ixodimlarni saralash to'g'risida e'lon qiladi:

  • Guzor, Qashqadaryo viloyati
  • Kitob, Qashqadaryo viloyati
  • Shaxrisabz, Qashqadaryo viloyati
  • Chirokchi, Qashqadaryo viloyati

  • Asaka, Andijon viloyati

Nomzodga qo’yiladigan talablar:

  • eng yaqin aholi punktida yashash;
  • ma'lumoti: oliy iqtisodiy/moliyaviy;
  • bank sohasida ish tajribasi, kamida 3 yil;
  • Tillarni bilish: o'zbek va rus tillari;
  • kompyuter va kompyuter dasturlarini bilish (Microsoft Office ni tajribali foydalanuvchi darajasida);
  • tashkiliy qobiliyatlar, muloqotga kirishuvchanlik, mijozlarga yo'naltirilganlik, muammolarni hal qilish ko’nikmalari.

Lavozim majburiyatlari:

  • bo'linmaning umumiy boshqaruvini amalga oshirish, shu jumladan, chakana operatsiyalarning barcha turlari bo'yicha bo'linma ishini tashkil etish, mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayoni ustidan nazoratni tashkil etish, bank hujjatlarini rasmiylashtirish, avtomatlashtirilgan bank tizimida operatsiyalarni amalga oshirish;
  • mijozlarga ularga xizmat ko‘rsatish va bank xizmatlari bo‘yicha maslahatlar berish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar va nizolarni hal etish;
  • bo'linma xodimlarining malaka darajasini oshirish;
  • qonun talablari, bankning mahalliy normativ hujjatlari, rahbariyat ko‘rsatmalariga rioya qilish.

Ish jadvali 5/2 9:00 dan18:00 gacha;
Kelgusi karyeraviy o'sish uchun imkoniyat;
Ajoyib jamoaviy muhit.

Qiziqqan nomzodlardan o'z rezyumelarini [email protected] elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz.

Rezyume jo’natish

Faylning maksimal hajmi 3.00 MB

* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech