Boshqaruv huzuridagi qo’mitalar
1. Moliya Qo‘mitasi
Moliya qo‘mitasining funksiyalari — bankning yetarli to‘lov qobiliyatini ta’minlagan holda likvidlik va daromadlilik o‘rtasida optimal nisbatni ta’minlash.
Qo‘mitaning asosiy vazifalari:
bank biznes-rejasi va siyosatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
bankda amalga oshiriladigan aktiv operatsiyalarining daromadliligi va passiv operatsiyalarining xarajatliligini ularning likvidligi bilan birgalikda nazorat qilish va tahlil qilishni ta’minlaydigan, bank aktiv va passivlari tuzilmasini optimallashtirish usullari, sxemalari va mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
aktiv-passiv operatsiyalarini boshqarish bo‘yicha o‘z vaqtida boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun yetarli axborot olishni ta’minlaydigan darajada tahliliy ishlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish va olib borish;
bankning bank xizmatlari bozori va moliya bozoridagi jozibadorligini ta’minlash uchun innovatsion loyihalarni ishlab chiqishni tashkil etish va muvofiqlashtirish.
2. Raqamli bankingni rivojlantirish Qo‘mitasi
Qo‘mitaning maqsadi — Loyihalar bo‘yicha shaffof loyiha faoliyatini, jarayonlar ustidan nazoratni ta’minlash, shuningdek Bankning rivojlanish strategiyasi vazifalarini amalga oshirish, raqamli transformatsiya va innovatsion rivojlanish uchun AT-arxitekturaga, mahsulotlarga va jarayonlarni raqamlashtirishga qilingan investitsiyalar samaradorligini tushunishni ta’minlashdan iborat. Bankni rivojlantirishga qaratilgan Loyihalarni amalga oshirishga, raqamli bankingni rivojlantirishga, bank guruhi uchun raqamli banking tizimini rivojlantirish tizimini tahlil qilish, takomillashtirish va mustahkamlashga ko‘maklashish.
3. Bank korporativ kreditlash bo‘yicha Kredit Qo‘mitasi
Qo‘mitaning asosiy maqsadi — bank Kredit siyosatini amalga oshirish va Bank Kredit siyosati, bankning mahalliy hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, qabul qilinishi mumkin bo‘lgan risk darajasida korporativ kreditlash bo‘yicha Bank kredit operatsiyalari portfelini shakllantirish.
Qo‘mitaning asosiy vazifalari:
yuridik shaxslar, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni korporativ kreditlash masalalarini ko‘rib chiqish;
kredit operatsiyalari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarni kamaytirish choralarini amalga oshirish;
bankning BXM kredit operatsiyalari bo‘yicha kredit portfeli holatini nazorat qilish;
bank Kredit siyosati, bankning mahalliy hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, kredit riskini minimallashtirish, bank BXM resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
bank Kredit siyosati, bankning mahalliy hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, bank BXM korporativ kreditlash qismidagi kredit risklarini boshqarish jarayoni samaradorligini nazorat qilish.
4. Bank chakana kreditlash bo‘yicha Kredit Qo‘mitasi
Qo‘mitaning asosiy maqsadi — bank Kredit siyosatini amalga oshirish va Bank Kredit siyosati, bankning mahalliy hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, qabul qilinishi mumkin bo‘lgan risk darajasida chakana kreditlash bo‘yicha Bank kredit operatsiyalari portfelini shakllantirish.
Qo‘mitaning asosiy vazifalari:
jismoniy shaxslarni chakana kreditlash masalalarini ko‘rib chiqish;
kredit operatsiyalari bo‘yicha chakana kredit portfeli holatini ichki nazorat qilish tartib-qoidalari va usullarini ishlab chiqish;
bank Kredit siyosati, bankning mahalliy hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, kredit riskini minimallashtirish, Bank resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
bank Kredit siyosati, bankning mahalliy hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Bankning chakana kreditlash qismidagi kredit risklarini boshqarish jarayoni samaradorligini nazorat qilish.
5. Kichik kreditlar bo‘yicha Kredit Qo‘mitasi
Qo‘mitaning asosiy maqsadi bankning kredit siyosatini amalga oshirish va risk darajasi maqbul bo‘lgan kichik kreditlash bo‘yicha kredit operatsiyalari portfelini shakllantirishdan iborat.
6. Kichik kreditlash bo‘yicha tezkor kredit Qo‘mitasi
Operativ Qo‘mitaning asosiy maqsadi bankning kredit siyosatini amalga oshirish va risk darajasi maqbul bo‘lgan kichik kreditlash bo‘yicha kredit operatsiyalari portfelini shakllantirishdan iborat.
7. Boshqaruv huzuridagi HR Qo‘mitasi
Boshqaruv huzuridagi HR-qo‘mitaning asosiy maqsadi — bank Kadrlar siyosatini amalga oshirish.
Boshqaruv huzuridagi HR-qo‘mitaning asosiy vazifalari:
bank xodimlarini boshqarish va rivojlantirish sohasidagi asosiy qoidalarni bajarish;
belgilangan vazifalarni samarali bajarish maqsadida bank xodimlari va uning tarkibiy bo‘linmalari sonli tarkibini monitoring qilish va optimallashtirish;
o‘z vakolati doirasida bank va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlariga lavozim maoshlariga ustamalar va boshqa turdagi to‘lovlarni belgilash/bekor qilish/kamaytirish/oshirish;
bank va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining korporativ qadriyatlarga, ijro va mehnat intizomiga rioya etishini nazorat qilish;
kollegial qaror qabul qilishni talab qiladigan xodimlar bilan ishlash masalalarini ko‘rib chiqish.
Boshqaruv huzuridagi HR-qo‘mitasi vakolatiga, bank Kuzatuv kengashi huzuridagi HR-qo‘mita vakolatiga kiruvchi xodimlardan tashqari, quyidagi rahbar va boshqa xodimlarni baholash, rag‘batlantirish, jazolash va rivojlantirish dasturlari kiradi:
Bosh ofis, Markaziy operatsion bo‘limi (bundan buyon MOB), Bank Xizmatlari Markazi xodimlari;
bank Bosh ofisi nomenklaturasiga kiruvchi bank filiallari xodimlari.
bank filiallari tarkibiy bo‘linmalari (boshqarmalar, bo‘limlar) rahbarlari.
Yuqorida ko‘rsatilgan xodimlarning kamchiliklari uchun moddiy javobgarlikka tortish hamda intizomiy jazo choralari va ta’sir choralarini (ogohlantirish, ustamadan mahrum etish/kamaytirish, mukofotdan mahrum etish/kamaytirish) qo‘llash Bankning amaldagi mahalliy hujjatlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq HR-qo‘mita qarori asosida amalga oshiriladi.
8. Tender Komissiyasi
Komissiyaning asosiy maqsadi Tender savdolari o‘tkazilishini umumiy nazorat qilish, muvofiqlashtirish va tashkil etish, shuningdek, tender savdolari o‘tkazilmagan holda, bankning Xarid siyosatida belgilangan vakolatlar doirasida xarid qilishdan iborat.
9. Tanlov Komissiyasi
Komissiyaning asosiy maqsadi Bankning Xarid siyosatida belgilangan vakolatlar doirasida tanlov savdolarini, shuningdek tanlov savdolarini o‘tkazmasdan amalga oshiriladigan xaridlarni umumiy nazorat qilish, muvofiqlashtirish va tashkil etishdan iborat.