Bank Kuzatuv kengashi huzuridagi Qo‘mita
1. Auditorlik qo‘mitasi
Qo‘mitaning asosiy maqsadi bankda tegishli ichki nazorat tizimini tashkil etish va uni saqlab turishdan iborat
Qo‘mita vazifalari:
moliyaviy hisobot va ichki audit siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonida ishtirok etish;
nazorat, moliyaviy va boshqa hisobotlarning taqdim etilishi, to‘liqligi va ishonchliligi ustidan nazorat;
Kengash yig‘ilishlari uchun ma’lumot tayyorlash va o‘z vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha Kengashga hisobotlar taqdim etish;
bankning ichki va tashqi auditorlar bilan o‘zaro hamkorligi ustidan nazorat;
ichki audit xizmati rahbarini tayinlash (lavozimidan ozod etish) masalasini ko‘rib chiqish va Kengashga taklif kiritish;
ichki audit xizmatining choraklik hisobotlarini o‘rganish va Kengashga taqdim etish;
ushbu tizimlarning samaradorligi va izchilligini ta’minlash uchun bankning ichki nazorat va ichki audit tizimini baholash, ichki audit tekshiruvlari rejalarini va ularning davriyligini ko‘rib chiqish, ichki audit xizmati rahbarining o‘z vazifa va majburiyatlarini bajarish darajasini baholashda ishtirok etish va o‘z fikrini bildirish;
kamida choragiga bir marta ichki audit xizmati rahbari bilan uchrashish va ichki audit xizmati faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish;
Kengashga tashqi auditorning takliflarini baholashda amaliy yordam ko‘rsatish, tashqi auditorni tanlashda Kengashga tavsiyalar tayyorlash;
tashqi auditorlar xizmatlari uchun mukofotning maksimal miqdori va ular bilan shartnoma tuzish (bekor qilish) bo‘yicha Kengashga takliflar kiritish;
tashqi auditorlar uchun texnik topshiriqni ishlab chiqishda Kengashga amaliy yordam ko‘rsatish;
ichki va tashqi audit hisobotlarini qabul qilish va Bank Boshqaruvi tomonidan qonun hujjatlariga, siyosatlarga va bankning mahalliy hujjatlariga nomuvofiqliklarni hamda nazorat qiluvchi bo‘linmalar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishini nazorat qilish;
tashqi audit hisobotlari va xulosalarini ko‘rib chiqish va ularni Kengashga taqdim etish;
tashqi auditorlarning ishi qoniqarsiz bo‘lgan hollarda, ularni almashtirish bo‘yicha Kengashga tavsiyalar berish;
bank faoliyatining shaffofligini, shuningdek ma’lumotlarni oshkor qilishning yetarliligi va aniqligini ko‘rib chiqish;
o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot tayyorlash va boshqalar.
2. Xodimlarni baholash, rivojlantirish va rag‘batlantirish qo‘mitasi
Bank xodimlarini boshqarish va rivojlantirish sohasidagi asosiy qoidalarni bajarish;
Belgilangan vazifalarni samarali bajarish maqsadida bank xodimlari va uning tarkibiy bo‘linmalari sonli tarkibini monitoring qilish va optimallashtirish;
Bankning korporativ qadriyatlarini ishlab chiqish va korporativ madaniyatini joriy etish;
Ichki va tashqi tanlov e’lon qilish, Qo‘mita vakolati doirasida tanlov g‘olibi bilan mehnat shartnomasi tuzish va uni ishga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish va/yoki ichki va tashqi tanlov g‘olibi bilan mehnat shartnomasi tuzish va uni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi taklifni bankning Kuzatuv kengashi muhokamasiga kiritish;
Bank barcha xodimlariga individual ustama va boshqa turdagi rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash masalalari bo‘yicha (zarur bo‘lganda) qarorlar qabul qilish;
Bank xodimlarini baholash va rag‘batlantirish, ularni moddiy va intizomiy javobgarlikka tortish, ta’sir choralarini qo‘llash, shuningdek rivojlantirish dasturlari;
Bank va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlariga lavozim maoshlariga ustamalar va boshqa turdagi to‘lovlar shkalasini belgilash;
Bank xodimlarining o‘qishi (kunduzgi va sirtqi) uchun to‘lov bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Bank xodimlarini baholash, rivojlantirish va rag‘batlantirish qo‘mitalari yig‘ilishlarini tayyorlash va o‘tkazish reglamentini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Kollegial qaror qabul qilishni talab qiladigan xodimlar bilan ishlash masalalarini ko‘rib chiqish.
3. Xavflarni boshqarish va komplayens nazorati qo‘mitasi
Qo‘mitaning asosiy maqsadi Bankning sanksiya siyosatiga rioya etilishini ta’minlash va uni dolzarb holatda saqlashdan iborat.
4. Investitsiya banki qo‘mitasi
Qo‘mitaning asosiy maqsadi Bankning investitsion bank faoliyatini samarali tashkil etishga va strategik rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.
5. Bankda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha komissiya
Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining oldini olish ustidan nazorat, aksiyadorlar, mijozlar, bank boshqaruv organlari a’zolari va xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma arizalari hamda talablarini hisobga olish, shuningdek yuzaga kelgan yoki kelayotgan manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etadigan, qonuniy va asosli yechim izlash.