Faollashtirish va xavfsizlik qoidalari

Kartani faollashtirish
Kapitalbank mobil ilovasini yuklab oling va havola orqali identifikatsiyadan o‘ting.
O‘zingizning kartangizni qo‘shing.
O‘zingizning kartangizni qo‘shing.
Uni faollashtiring va PIN-kod o‘rnating.
Istalgan Visa/Mastercard bankomatida yangi PIN-kod bilan istalgan operatsiyani amalga oshiring. Har safar PIN-kod almashtirilganda bu amalni takrorlang.
Kartangiz foydalanish uchun tayyor.
Xavfsizlik qoidalari
Karta ma’lumotlari va kodlarini begonalarga bermang; karta raqami va amal qilish muddati ko‘rinib turgan suratlarni yubormang.
Kartaning raqamini va orqa tomonidagi CVC/CVV-kodni bilib olgach, jinoyatchi kartasiz ham mablag‘ni yechib olishi mumkin bo‘ladi.
Onlayn to‘lovlar uchun faqat tasdiqlangan saytlar va qurilmalardan foydalaning; shubhali havolalarga kirmang va hatto tanish manzillarni ham shubhali harflar, raqamlar va belgilarga tekshiring.
Pulli obunalaringizni boshqaring — foydalanmayotgan obunalaringizni o‘chiring.
Shubhali operatsiyalar bo‘lsa, kartani darhol mobil ilova orqali yoki bank bo‘limida bloklang.
Agar katta qoldiqli kartadan uzoq vaqt foydalanmayotgan bo‘lsangiz, kartani vaqtincha bloklashni yoki mablag‘larni depozitga o‘tkazishni tavsiya etamiz.
Kartalar imtiyozlari
Kapitalbank Visa Platinum / Infinite
Visa Kapitalbank premium kartalari bilan siz O‘zbekiston va butun dunyo bo‘ylab keng ko‘lamli xizmatlar va eksklyuziv takliflardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
@VisaConciegeBot — Visa imtiyozlari Telegramdagi shaxsiy yordamchingizdan boshlanadi
Kun-u tun ishlaydigan konserj xizmati — dunyoning istalgan nuqtasida shaxsiy yordamchi
DragonPass dasturi orqali 1200 dan ortiq biznes zallaridan foydalanish imkoniyati
CIP-Lounge — yuqori qulaylikka ega zallarga kirish imkoniyati
FastTrack — aeroportlarda pasport nazoratidan o‘tishning ustuvorligi
Aeroportlarda qo‘shimcha xizmatlar: yukni o‘rash va saqlash, transfer, hamrohlik uchun chegirmalar
Butun oila a’zolari uchun 2 500 000 dollargacha sayohat sug‘urtasi
Bepul internet-rouming — 127 mamlakatda 3 GBdan iborat 3 ta paket
Xitoyda naqd pulsiz to‘lov imkoniyati — Visa kartasidan butun XXR hududida WeChat Pay va Alipay orqali, shu jumladan kontaktsiz to‘lov funksiyasi bilan to‘lash uchun foydalanish imkoniyati
O‘zbekistondagi imtiyozlar:
Toshkent xalqaro aeroportida yangi biznes-launj
Toshkentdagi premium restoranlarda 15% gacha chegirmalar
Mehmonxonalar, SPA va fitnes klublarda hamkorlik takliflari
Mahalliy va xalqaro hamkorlardan avtomobil ijarasi va taksi buyurtma qilishdagi afzalliklar
Batafsil ma’lumot: https://cis.visa.com/visa-in-uzbekistan/infinite.html

Kapitalbank Mastercard Black Edition / World Elite
Mastercard Kapitalbank kartalari kundalik hayotda yanada qulaylikni ta’minlaydi hamda O‘zbekiston va butun dunyo bo‘ylab eksklyuziv xizmatlar, imtiyozlar va takliflardan foydalanish imkonini beradi.
Xalqaro imtiyozlar:
LoungeKey dasturi bo‘yicha biznes-zallar — butun dunyo bo‘ylab aeroportlarda 1500 dan ortiq launjlarga kirish imkoniyati
FastTrack — xalqaro aeroportlarda pasport nazoratidan o‘tishning ustuvorligi
Sayohatchilarni 1 500 000 dollargacha tibbiy sug‘urtalash (jumladan, oila a’zolari va hamrohlik qiluvchi shaxslar uchun 25% dan 100% gacha qoplama bilan)
Bepul internet-rouming — dunyoning 208 mamlakatida 3 GB to‘plami
Chegarasiz keshbek — 450 dan ortiq xalqaro hamkorlardan xaridlarni to‘lashning global dasturi
Global hamkorlardan imtiyozlar: mehmonxonalar, avtomobil ijarasi, butiklar, restoranlar, xizmatlar
O‘zbekistondagi imtiyozlar:
Toshkent xalqaro aeroportida Anjir biznes-launjga kirish
Toshkentdagi restoranlarda chegirmalar va bonuslar
Mastercard mahalliy va xalqaro hamkorlaridan aksiyalar
Imtiyozlar haqida batafsil: https://www.mastercard.uz/ru-uz/consumers/offers-promotions/premium.html — rasmiy sahifasida
