«Kapitalbank» ATB axborot xavfsizligi va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish siyosati

«Kapitalbank» ATBda axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish siyosati

Ushbu «Kapitalbank» ATBda axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish siyosati (bundan keyin Siyosat deb yuritiladi) «Kapitalbank» ATBning (bundan keyin Bank deb yuritiladi) axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi maqsadlari, vazifalari va majburiyatlarini belgilaydi.

Siyosat Bankning mijozlar, hamkorlar, xodimlar va boshqa shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining maxfiy ma’lumotlari va shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va himoya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi moliyaviy tashkilot sifatidagi rolini tushunishga asoslanadi.

Siyosat Bankning maqsadi va rivojlanish strategiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, shuningdek, axborot xavfsizligi va ma’lumotlar maxfiyligini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlar: ISO/IEC 27001:2022, ISO/IEC 27701:2019 talablariga muvofiq ma’lumotlarni himoya qilishni ta’minlaydi.

Ushbu Siyosatning asosiy maqsadi Bank ixtiyoridagi ma’lumotlar va shaxsiy ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, yo‘qotish yoki noqonuniy foydalanish xavflaridan ishonchli va uzluksiz himoya qilishni ta’minlashdan iborat.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun Bankda quyidagi vazifalar belgilangan:

  1. Axborotning maxfiyligi, yaxlitligi va ochiqligini ta’minlash.

  2. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishning barcha bosqichlarida ularni himoya qilish.

  3. Axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi xatarlarni boshqarish.

  4. Axborot va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi qonunchilik, standartlar va shartnomaviy majburiyatlarga rioya etish.

  5. Axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalarida xodimlarning xabardorligi va malakasini oshirish.

  6. Axborot xavfsizligi hodisalariga samarali munosabat bildirish va Bank faoliyatining uzluksizligini ta’minlash.

  7. Axborot xavfsizligini boshqarish va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish tizimini muntazam ravishda tahlil qilish, nazorat qilish va takomillashtirish.

Belgilangan vazifalarni bajarish uchun Bank Boshqaruvi nomidan Bank quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

  1. Axborot va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish siyosati va talablarini belgilash.

  2. Axborot xavfsizligi va ma’lumotlar maxfiyligini boshqarish tizimlarining tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish va takomillashtirish bo‘yicha qarorlarni aniqlash va qabul qilish.

  3. Axborot xavfsizligi va ma’lumotlar maxfiyligini boshqarish tizimlarining samarali ishlashi va rivojlanishi uchun yetarli texnik, tashkiliy va inson resurslarini ajratish.

  4. Bank xodimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha mas’uliyat darajasi va majburiyatlarini belgilash.

  5. Axborot va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha joriy etilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash.

  6. Axborot xavfsizligi va ma’lumotlar maxfiyligini boshqarish tizimlarini doimiy ravishda takomillashtirish.