Xalqaro faoliyat
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik
Bankning xalqaro hamkorlikni rivojlantirishi biznes o‘sishi manbalarini diversifikatsiya qilish, resurs bazasini mustahkamlash va bank mijozlarini xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirishni tashkil etish zarurati bilan bog‘liq.
Xalqaro bozorlarga chiqish bankning xalqaro hamkorlikning faol ishtirokchisi sifatidagi obro‘sini mustahkamlaydi, mijozlarning moliyaviy manfaatlarini himoya qilishga va bank brendini chet elda targ‘ib qilishga ko‘maklashadi, shuningdek bank oldida yangi ko‘nikma va texnologiyalarga kirish imkoniyatlarini ochadi.
Bank Xalqaro moliya institutlari va taraqqiyot banklarining kredit liniyalarini jalb qilish va o‘zlashtirish bo‘yicha boshlangan ishni davom ettiradi. Bankning asosiy maqsadi kichik va xususiy biznes subyektlarini qayta moliyalashtirish uchun uzoq muddatli resurslarni jalb qilishdir.
Bugungi kunda bank tomonidan Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasining moliyalashtirish liniyasi jalb qilingan va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilgan.
Bankning istiqbolli rejalarida mikromoliyalashtirish maqsadlari uchun kredit liniyalarini jalb qilish bo‘yicha YeTTB va Osiyo Taraqqiyot Banki bilan hamkorlik o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Bank shuningdek g‘arb tijorat banklarining uzoq muddatli investitsiyalari va kreditlari bo‘yicha sug‘urta qoplamasini olish maqsadida yetakchi eksport-kredit agentliklari (EKA) bilan jadal hamkorlik yo‘lga qo‘yish niyatida.
Bankning xalqaro tashkilotlardagi a’zoligi:
VISA International xalqaro to‘lov tizimi (assotsiatsiyalangan a’zolik)
Western Union — tezkor pul o‘tkazmalari tizimi (agentlik)
Butunjahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar jamiyati (S.W.I.F.T.)